So’nggi yangiliklar

02:57"Лацио" "Милан"ни Италия Кубогидан чиқариб юборди  1 02:52АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб қила олмади  13 01:25Тибо Куртуа: "Хаби ва футболчилар ўртасида муаммо йўқ"  0 00:48Месси: "Яна бир марта жаҳон чемпионатини ютишга ҳаракат қиламиз"  4 00:10Хумоюнмирзо Иминов “Андижон” билан келишувга эришди  1 23:54Расман: "Пахтакор"нинг яна бир футболчиси "Навбаҳор"да!  4 23:40Расман: "Бухоро" футболчиси "Нефтчи"га ўтди  2 23:28Расман: Иброҳим Йўлдошев - "Андижон" футболчиси!  3 23:11"Бавария"га "Брайтон" футболчиси керак  1 22:59"Андижон" яна икки футболчи билан шартнома имзолади  0 22:38Суперлиганинг 30-турида ҳакамлик таҳлили. Хатолар жуда кўп!  0 22:19Расман: Чаласан - "Андижон" футболчиси!  12 21:57Артета жароҳатлар сабабини айтди  0 21:25"Ливерпуль" "Лейпциг" ҳужумчисини таркибида кўрмоқчи  5 20:59Россия термаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади?  5

Marsel: "Oltin butsa"ni qo'lga kiritish eng katta orzularimdan biri edi. Biroq undan ham yuqori maqsadim bor edi" Yangiliklar

Marsel: "Oltin butsa"ni qo'lga kiritish eng katta orzularimdan biri edi. Biroq undan ham yuqori maqsadim bor edi"

Futzal bo'yicha jahon chempionati finalida Argentinaga qarshi o'yindan so'ng (2:1) Braziliya terma jamoasi azosi Marsel saytimizga intervyu berdi.

"Argentinaga qarshi juda qiyin o'yin o'tkazdik. Raqib juda kuchli jamoa edi. O'ziga xos klassiko guvohiga aylandik. Eng muhimi, O'zbekistonni jahon chempioni sifatida tark etyapmiz.

"Oltin butsa"ni qo'lga kiritish men uchun juda katta baxt. Bu mening eng katta orzularimdan biri edi va amalga oshdi. Undan ham yuqorisi, albatta, chempion bo'lish edi. Ikki karra baxtliman.

Braziliya terma jamoasining har avlodi kuchli va o'ziga xos bo'lgan. Biz bu mintaqada ikki oy yashadik: bir oy tayyorgarlik va bir oy mundial. SHu tariqa, barchasi ajoyib yakun topdi", dedi Marsel.

Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi o'z tarixida oltinchi marotaba jahon chempioni bo'ldi.

Marsel esa 10 ta gol bilan jahon chempionati to'purariga aylandi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика