"Marsel" Odil Rami bilan shartnomani bekor qildi
13 avg 2019 10:42
Yangiliklar
"Marsel" Odil Rami bilan shartnomani bekor qildi
"Marsel" himoyachi Odil Rami bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi.
Bunga o'yinchining shartnoma shartlarini buzganligi sabab bo'lgan.
O'tgan mavsum oxirida Rami mashg'ulotlar o'rniga oilaviy sabablarga ko'ra "Fort Boyard" teleko'rsatuviga ketib qolgan.
Qayd etish kerakki, "Marsel" bosh murabbiyi Andre Villash-Boash ham rahbariyatning qarorini qo'llab-quvvatlagan.
33 yoshli Rami "Marsel"dan tashqari "Etual", "Lill", "Valensiya", "Milan" va "Sevilya" klublarida o'ynagan.
Himoyachi 2018 yil Franciya bilan jahon chempionligini qo'lga kiritdi va chempionat yakunlanganidan so'ng terma jamoadagi faoliyati yakunlanganini elon qildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar