“Marsel” bitta Evrokubok o'yinini muxlislarsiz o'tkazadi
11 sen 2018 00:36
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/452801_original.jpg)
![](/upload/storage/452801_220.jpg)
“Marsel” bitta Evrokubok o'yinini muxlislarsiz o'tkazadi
UEFA tartib-intizom qo'mitasi Franciyaning “Marsel” klubini jazoladi.
Qo'mita jamoaning Evropa Ligasi doirasidagi 4ta o'yinini o'rganib chiqqan: o'z uyidagi “RB Leypcig” (5:2) va “Red Bull Zalcburg” (2:0), aynan “Red Bull” bilan safardagi o'yin (1:2) hamda finaldagi “Atletiko” (0:3) bilan uchrashuv.
Bu o'yinlarda qoidalarni buzish (pirotexnika, maydonga buyumlar uloqtirish, o'yinning boshlanishini kechiktirish, tartibsizliklar, stadion holatiga tasir o'tkazish) holatlari aniqlangan.
Buning natijasida “Marsel” bitta Evrokubok o'yinini muxlislarsiz o'tkazadi va 100 ming evro jarima to'laydi. SHuningdek, final uchrashuvi o'tkazilgan "Lion" klubiga tegishli stadionga etkazilgan zararni ham qoplab beradi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar