Marokash terma jamoasi Argentinadan Messi borasida tushuntirish talab qildi
25 mar 2019 12:45
Yangiliklar


Marokash terma jamoasi Argentinadan Messi borasida tushuntirish talab qildi
Marokash qirollik futbol federaciyasi Argentinaga qarshi bo'ladigan o'rtoqlik uchrashuvida Lionel Messi ishtirok etmasligi borasida bayonot berdi.
Oldinroq, 31 yoshli argentinalik mushak muammosi tufayli marokashliklar bilan o'yinni o'tkazib yuborishi elon qilingan edi. Jarohat sababli futbolchi milliy jamoa safini tark etdi. Marokash futbol federaciyasi Argentinadan nega Messi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushmasligi borasida tushuntirish talab qildi. O'rtoqlik o'yini shartlariga ko'ra, ikkala jamoa uchrashuvda jangovar tarkiblar bilan maydonga tushishi kerak.
Messining maydonga tushmasligi moliyaviy jihatga ham tasir qiladi. Agar Lionel Messi bahsda ishtirok etganida, Argentina hisobiga 969 ming evro tushardi, biroq endi ular bor-yo'g'i Marokashdan 528 ming evro olishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar