Markus Reshford: "Pogbaning o'zi penaltini tepishni xohladi"
20 avg 2019 11:10
Yangiliklar
Markus Reshford: "Pogbaning o'zi penaltini tepishni xohladi"
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford "Vulverxempton" (1:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Albatta, biz xafa bo'ldik va biroz tushkunlikka tushdik, ammo mavsum boshidan tushkunlikka tushib qolish yaramaydi.
- Nimaga Pogba penaltini tepdi?
- Hammasi oddiy, u penaltini tepishni xohladi. Har qanday holatda penalti aniq ijro etilmasligi mumkin. U bundaylardan ko'pini urgan, bitta xato esa oddiy holat. Afsus, o'sha vaziyatda gol urolmadi, ammo futbol shunaqa. Biz haftalar davomida penalti tepishni mashq qilamiz va ularning katta qismida darvozani ishg'ol qilamiz, - deydi Reshford.
Eslatib o'tamiz, APLning 2-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" hamda "Vulverxempton" o'rtasidagi o'yinda Pogba 11 metrlik zarbani aniq ijro etolmadi.
Fikrlar