Markos Alonso: "Lester"ga qarshi bahsda omadim kelmadi"
15 jan 2017 18:45
Yangiliklar
Markos Alonso: "Lester"ga qarshi bahsda omadim kelmadi"
"CHelsi" himoyachisi Markos Alonso "Lester Siti"ga qarshi bahs (3:0) haqida fikr bildirdi.
Ispaniyalik bu o'yinda o'z hisobiga 2 ta gol yozib qo'ydi.
"Avvallari hujumda ko'proq o'ynar edim, ammo ilk marotaba professional futbolda dubl qayd etdim. Omadim kelmadim, chunki yana gol urishim mumkin edi, ammo jamoaga yordam berganimdan, 2 ta gol urganimda mamnunman.
Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik, murabbiy bizdan ikkinchi bo'limda ko'proq harakat qilishni so'radi va jamoa tanaffusdan so'ng ajoyib o'yin ko'rsatdi. Kuchli raqibga qarshi bahsda yaxshi o'yin ko'rsatish muhim, jamoa hech kimdan qo'rqmasligini va har bir uchrashuvda kurashga tayyorligini ko'rsatib qo'ydi" - deydi Alonso.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar