Marko Stanoevich: "So'nggi daqiqalardagi xatolarimiz tufayli "Paxtakor" bizni jazoladi"
12 mar 2021 15:46
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625017_original.jpg)
![](/upload/storage/625017_220.jpg)
Marko Stanoevich: "So'nggi daqiqalardagi xatolarimiz tufayli "Paxtakor" bizni jazoladi"
Qarshining "Nasaf" klubi Coca Cola Superliganing birinchi turida o'z maydonida "Paxtakor"ga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Mazkur uchrashuvdan so'ng "ajdarlar"ning tajribali futbolchisi Marko Stanoevich fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ko'rganingizdek, o'yin qiziqarli va shiddatli bo'ldi. O'ylaymanki, stadionga kelgan muxlislar ham zerikib qolishmadi. Biz yaxshi o'ynadik. Ko'plab vaziyatlar yaratdik. So'nggi daqiqalardagi xatolarimiz tufayli "Paxtakor" bizni jazoladi. Mag'lubiyatga uchrashimizning asosiy sabablaridan biri shu, deb o'ylayman.
Tarkib? O'tgan yili ham jamoamizda yosh futbolchilar ko'p edi. SHunga qaramasdan, biz kumush medallarga ega chiqqandik. Demak, bu borada muammo yo'q"- deydi Stanoevich.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar