Marko Stanoevich: "O'zbekistonda qolishni istayman. Taklif kutmoqdaman"
07 jan 2021 17:25
Yangiliklar


Marko Stanoevich: "O'zbekistonda qolishni istayman. Taklif kutmoqdaman"
"Nasaf"ning o'tgan mavsum tom manodagi etakchisiga aylangan Marko Stanoevichning shartnomasi 2020 yilning yakunida o'z nihoyasiga etdi.
Futbolchi faoliyatini qaerda davom ettiradi? Bu borada uning o'ziga yuzlanganimizda quyidagicha javob berdi.
"Hali biror narsa deya olmayman. Bu borada bir qarorga kelmadim. Lekin O'zbekistonda qolishni istayman. Yangi taklif kutmoqdaman. "Nasaf" bilan o'tgan mavsum ajoyib natijalar qayd etdik, kumush medallarga ega chiqdik",- deydi Stanoevich.
Malumot o'rnida: Marko Stanoevich joriy mavsumda "Nasaf" safida 24 o'yinda 6ta gol urib, 1ta golga assitentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar