So’nggi yangiliklar

21:54Озарбайжон Премьер-лигаси. "Сумқайит" меҳмонда "Зира"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов гол урди!  0 21:33U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон - С.Арабистони 2:0 (МАТНЛИ ТРАНСЛЯЦИЯ)  490 21:22Айбек Нурбаев: "Футболчиларим билан фахрланаман"  0 21:05Григорий Колосовский: "Катта ҳудудий устунликка эга бўлдик"  1 20:58Симонс "Барса"да ўйнашни орзу қилади, аммо Хави ёзда катта эҳтимол билан АПЛга кетади. "Лейпциг" тахминан 75 млн евро олади  1 20:28ЦСКА — "Крилья Советов". Файзуллаев захирада  3 20:08Суперлига. 100 дақиқадан ошиқ давом этган ўйинда "Динамо" охирги паллада "Андижон"га гол уриб ғалаба қозонди  136 20:00Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз уйида ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ҳаракат қилди  1 20:00А Серия. Бугун "Интер", "Милан" ва "Аталанта" ўйнайди  0 20:00Бундеслига. Бугун "Байер", "Боруссия" ва "Айнтрахт" ўйнайди  0 19:58АПЛ. "Арсенал" ва "Челси" ғалабага эришди, "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Вулверхэмптон"га мағлуб бўлди  17 19:55Суперлига. ОКМК ўз майдонида камбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  17 19:16"Лестер" — "Ливерпуль". Диас, Салоҳ ва Варди асосий таркибда  2 18:57ҚПЛ. Мухторовнинг 83-дақиқада урган голи "Турон"ни "Астана"га қарши ўйинда мағлубиятдан асраб қолди  0 18:22Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим этди, "темирйўлчилар"да 3 та ўйинда 3 та ғалаба  1

Marko Roys: “Sovrinlarsiz ham baxtliman” Yangiliklar

Marko Roys: “Sovrinlarsiz ham baxtliman”

Teglar :  Marko Roysintervyu
Franciyada o'tkaziladigan Evropa chempionatiga tobora oz vaqt qolmoqda.


 Germaniya terma jamoasi safida musobaqaga tayyorgarlik ko'rishni boshlab yuborgan Marko Roys “Der Westen” muxbiri bilan suhbatda terma jamoa maqsadlari va klubdagi holat xususida to'xtaldi.  (Marko Roys jarohati tufayli Evropa chempionatida ishtirok etolmaydigan bo'ldi va yakuniy ro'yxatdan tushib qoldi.)


- O'tgan safar Evropa chempionatida terma jamoa bilan yarim finalgacha etib borgandingiz.

- O'sha turnir bir necha futbolchi terma jamoaga kech kelib qo'shilgani sababli biz uchun juda qiyin kechgan. CHempionatga tayyorgarlik eng yaxshi tarzda kechmagan. Hamma o'yinchi bir-birini tushunib ketishi uchun vaqt kerak bo'ladi. Yarim finalgacha uchrashuvlarni yaxshi o'tkazdik, ammo o'sha kuni Italiya bizdan kuchliroq edi.

- O'shanda jami 125 daqiqa maydonda harakat qilgansiz.

- To'g'ri. Uch o'yinni o'tkazib yuborib, Greciya bilan bellashuvda imkoniyatga ega bo'ldim. Bu Evropa chempionati final bosqichida ilk o'yinim bo'lgandi. Juda xursand edim. G'alaba qozondik. Terma jamoa yutug'iga golim bilan hissa qo'shgandim.

- Yaqinlashib kelayotgan musobaqada qanday rolda bo'lishni istaysiz?

- Maqsadim o'ynashdir. Asosiy tarkibda tushib, jamogaa yordam berish va bunga arzishimni isbotlashni xohlayman. Terma jamoada muntazam o'ynab kelyapman. Yana bir bor o'zimni ko'rsatishni istayman. Bizda yosh futbolchilar o'ynayotgan kuchli jamoa bor. Yoshlar o'zimizni bo'sh qo'yishimizga yo'l qo'yishmaydi. Faqat shu tariqa muvaffaqiyatga erishamiz. Turnirni yutishga shubhalanmagan holda boshlash muhim.

- Oliver Birxoff yaqinda 2014 yilgi jahon chempionatida ishtirok etmagan futbolchilar jamoaga etiborni jamlashda yordam berib, terma jamoada birinchi sovrinni qo'lga kiritish ishtiyoqida ekanini takidladi. Aslida ham shundaymi?

- 2014 yil chempion bo'lgan yigitlar ham bo'shashishmayapti. Ular ikkinchi sovrinni yutishni istashadi. Biz ham shuni xohlaymiz. Mening maqsadim Evropa chempioniga aylanish. Jahon chempionatida qatnashgan esa bunda bizga yordam beradi.

- Terma jamoa va klubda birorta sovringa erishmadingiz. Bunga qanday dosh beryapsiz?

- Xotirjamman. Har bir futbolchi muvaffaqiyatga erishishni xohlaydi. Bunday emasman desam aldagan bo'laman. Lekin ro'y bergan narsalarni o'zgartira olmayman. Hozir oldinga boqish va oldimga yangi maqsadlarni qo'yish muhimroq.

- Mats Xummels yozda “Bavariya”ga o'tadi. U Myunxen klubida sovrin yutishga imkon ko'pligi tufayli shunday qarorga keldi. Balki, siz ham tez orada “Borussiya”ni tark etarsiz?

- Xursandchiligim faqat sovrinlarga bog'lanib qolmagan. Odatiy hayotda sovrinlarsiz ham baxtliman va bu men uchun muhimroq. Futbol o'ynashim va bu menga quvonch keltirishi ahamiyatliroq. Kelajakda ham shunday bo'lishini xohlardim.

- Yil boshida “Borussiya” etakchi futbolchilari bilan shartnomani uzaytirishiga ishongandingiz.

- Jamoada etakchi o'yinchiman. SHu sababli klub rahbariyati bilan uchrashish masuliyati zimmamda turadi. Klubning rejasini tushunish kerak. Men “Borussiya” buyuk jamoa bo'lishini istayman. Albatta, Matsning o'rnini to'ldirish oson bo'lmaydi. Ehtimol, Ilkay ham ketar. Bizga yangi, kuli futbolchilar kelishiga umid qilaman. Murabbiy va rahbariyatda ajoyib reja borligiga ishonaman.

- Do'stingiz Mario Gyotce “Bavariya”da yangi murabbiy qo'l ostida asosiy tarkibga kirish uchun kurashishga qaror qildi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

- Buni uning shaxsiy qarori. Buni to'g'ri deb hisoblaydi va barcha buni qabul qilishi kerak. U shu yo'lni tashladi. Mario buni amalga oshiradi. Bunga shubhalanmang. Muhim qarorlarni u maslahatlarsiz qabul qila oladi.

- Sardor ketishi bilan jamoa etakchisini ham yo'qotasizlar. Masuliyatni o'zingizga olishga tayyormisiz?

- Yil o'tishi bilan jamoada muhim o'ringa ega bo'lib boryapman. Jamoa etakchisi nomini o'zimga olishim kerak. CHunki hozir yoshlarga yordam beradigan yoshdaman. Dortmundda 4 yildan beri o'ynayapman, o'tgan mavsumda vice-sardor bo'ldim. Sardorlikni esa vaqt ko'rsatadi. Men uchun birinchi o'rindagi vazifa emas. Albatta, “Borussiya”ni sardor sifatida maydonga boshlab tushishdan xursand bo'lardim. Taklif etishsa rad qilmayman. Biroq aynan shunday maqsadni oldimga qo'ymayman. Eng muhimi – sog' bo'lish.

- Hozir alohida shug'ullanyapsiz. Og'riq sezayotganingiz bunga sababmi?

- Germaniya Kubogi finalida muammo paydo bo'ldi. Hayratlanmasa bo'ladi, chunki u 120 daqiqa davom etdi. Har kuni fizioterapevt ishlayapti. Mashq qilishni boshladim. Tez orada to'liq hajmda mashg'ulotni boshlayman.

- Doim Gollandiya terma jamoasidagi mutaxassis bilan maslahatlashasiz. U nimalarda yordam beradi?

- U juda yaxshi mutaxassis. Terma jamoadagi ko'p yigitlar bilan ishlaydi. Organizmimda tabiiy jarayonlar buzilmasligini kuzatib boradi. Agar nimadir joyida bo'lmasa, men yana jarohat olaman. Jarohatlangan paytimda organizmda buzilishlar duch kelgan. Etiborliroq bo'lishim kerak. Bunday muammo doimiy bo'lishi haqida bilmayman. Men jarohat olmasligim uchun qo'limdan kelgan barcha ishni amalga oshiraman. Ikki marta jiddiy jarohatlanganman. Organizmimda malum jarayonlar buzilgan. SHuning uchun tiklanishda turli uslublarni qo'llab ko'raman. Bunga esa vaqt kerak. Futbolchida vaqt bo'lmaydi. CHunki bir o'yin ortidan ikkinchi muhim uchrashuv kutib turadi.

- Yaxshi holatda bo'lish uchun nima qilyapsiz?

- Racionni o'zgartirdim. SHu tufayli ortiqcha vazndan qutuldim. Kun bo'yi trenajyor zalida o'tirmayman, lekin muskullarim o'sishi ustida ishlayman. Bu juda muhim jihat. Natijani ko'rish uchun bir oz vaqt kerak.

- Qancha?

- Bir necha oy. Ikkinchi davrada biror mashg'ulot va o'yinni o'tkazib yubormaydigan holatga chiqishni istagandim. Buning uchun yarim yil ishlashga to'g'ri keldi. SHu payt ichida bir necha bor safdan chiqdim. Hozir sabr qilish lozim, xotirjamlik va rejani saqlash kerak. Birinchi natijalar ikki oydan keyin ko'zga tashlanadi.

- Ruhan jarohatlarga qanday dosh berdingiz?

- O'yinchi jarohat olganda ruhiy o'raga tushib qoladi. Ortda qolgan narsalarni o'zgartirib bo'lmaydi. Har qanday futbolchi jarohat olishi mumkin. SHu maqsadda jarohatdan qutulib qolish ustida ishlayapman. Oldinga boqib, ijobiy narsalar haqida o'ylashim darkor.

- Terma jamoada debyut qilganlar ananaga ko'ra qanday ishni amalga oshirishadi?

- Ularda tanlash imkoni bor: qo'shiq aytishadi yoki nutq so'zlashadi. Men 2011 yil nutqni tanlagandim.

- O'zingiz uchun muhim biror narsa deganmisiz?

- Yo'q, o'shanda yosh edim. Oldimda tajribali futbolchilar o'tirgani sababli asabiylashgandim. Jiddiy fikrlarim bor edi, biroq kulgudan o'zimni to'xtatolmaganman.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика