Marko Materacci SHomurodov haqida gapirdi
10 sen 2021 16:01
Yangiliklar
Marko Materacci SHomurodov haqida gapirdi
"Inter" va Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Marko Materacci afsonalar Kubok o'yinlari oldidan "Roma" forvardi Eldor SHomurodov haqida gapirdi.
- "Roma"ning yangi o'yinchisi Eldor SHomurodov. Uning imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Uning o'yinini oldinroq ham ko'rganman - menimcha, u juda va juda yaxshi futbolchiga aylanishi mumkin. Uning hozirda jamoani his qilish, jumladan Temmi Abraxam bilan o'ynashi mumkinligi muhim. Yakshanba kuni ["Sassuolo"ga qarshi] ular hujumda birga tushishlari mumkinligini eshitdim. Hozirda ular maydonda bir-birlarini almashtirishmoqda, ammo, ishonchim komilki, katta o'yinchilar birgalikda o'ynashlari kerak.
- "Roma" va SHomurodov Mourinyu bilan top-darajaga chiqadimi?
- Menga ishoning, Joze doim ajoyib o'yinchilarni tanlaydi. Endi ular chempionlik sari birgalikda harakat qilishlari kerak.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум
Fikrlar