So’nggi yangiliklar

18:43Жароҳатлардан азият чекаётган "Арсенал" "Реал" ҳимоячисига кўз тикди  0 18:18"Андижон" Ўзбекистон U-21 терма жамоасини мағлуб этди  1 17:54"Пахтакор" "Риу Аве", "Ризеспор" ва "Кайсериспор" билан деярли бир қаторда — IFFHS  4 17:28Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!  34 17:06Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди  13 16:38U-23 Осиё Кубоги стадионлари  1 16:15Бир қоп картошка, сабзи, тухум ва 5 гб интернет  3 15:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  8 15:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ 2 ўйинида ишлайди  0 15:17"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  0 14:45Анчелоттининг ўғли "Ботафого" бош мураббийи лавозимини тарк этди  0 14:18Ўзбекистон U-17 терма жамоаси посбони "Нефтчи"да ўйнайди  2 13:53Расман: Ўткир Юсупов "Навбаҳор"га қайтди!  18 13:27Катта қайта қуриш: "Манчестер Юнайтед" ёзда ярим ҳимояни тўлиқ янгилашга тайёр  7 13:00"Қўқон-1912" икки асосий футболчиси билан шартномани узайтирди  1

Marko Materacci bir umr esdan chiqarmaydigan oqshom Yangiliklar

Marko Materacci bir umr esdan chiqarmaydigan oqshom

Teglar :  Marko Materacci
Italiyalik himoyachini ko'pchilik faqatgina JCH finalida Zidan bilan bo'lgan vaziyat tufayli yodga oladi.

Lekin u yaxshi himoyachi va namunali ota ekanligini kim biladi, kimlar esa yo'q.

"O'g'lim Davide juda aqlli bola va quvonarlisi, o'z fikriga ega. U atrofdagilarning munosabatiga qarab emas, o'zi to'g'ri deb bilgan ishni maqul ko'radi. Ammo bir marta u biroz oshirib yuborgan vaziyat ham bo'lgan.   

Derbi ostonasida turgandik. Jamoa Pinetinda doimgi vaqt 19:00da yig'iladi.  

- Davide, men bilan borasanmi? 

- Ha, dada. 

U kiyimlarini almashtirish uchun xonasiga kirib ketti. Men esa chiqish eshigi oldida kutib turardim. Bir payt... Uning egnida 23 raqam tushirilgan "Milan" libosi, elkasida "Materacci" familiyasi. Ambrozini o'g'limning "Milan"ga muxlislik qila boshlaganini bilib, men bilan xazillashish niyatida unga shu futbolkani sovg'a qilgan ekan. 

- Yo'q, Davide, aynan bugun bu futbolkada ko'chaga chiqib bo'lmaydi.
- Yo'q dada. Uni echmay?! Ketaqolaylik...

Davide olti yarim yoshda edi. 

O'sha kuni biz Milan bo'ylab uch soat sayr qildik. Ertaga derbi degan kuni o'g'lim "Milan" futbolkasida... O'shanda bu nafaqat azaliy raqiblar derbisi, balki Skudetto uchun haqiqiy kurash kechayotgan kun ham edi. Mening o'sha kundagi axvolimni so'z bilan ifodalab bo'lmaydi. Odatda uncha-munchaga qizarib, uyalib yurmayman va bu holga tushishim ham juda qiyin. Lekin o'sha oqshom men "yonganman". O'nlab insonlarning nigohi menga qaratilgandi va barcha bir so'zni takrorlardi: "Materaccining "tomi ketib qolibdi".  

Bunga javoban nima deyishni bilmay, shunchaki elka qisib qo'yardim…. 

Lekin bundan hech ham afsuslanmayman. CHunki o'g'limning qarori, uning mustaqil fikrlay olishi hamda atrofdagilarning gapi bilan yashamasligi men uchun muhim" - Marko Materacci.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика