Markizio: "Pogba kuchayishni xohlasa, Ispaniyaga ketishi kerak"
19 mar 2020 18:07
Yangiliklar
Markizio: "Pogba kuchayishni xohlasa, Ispaniyaga ketishi kerak"
"Yuventus" sobiq yarim himoyachisi Klaudio Markizio "Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogbani faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi kerak deb hisoblaydi.
"Men unga "Manchester Yunayted"ga o'tayotganida xato qilayotganini aytganman. Agar u rostdan ham kuchayishni xohlasa, Ispaniyaga yo'l olishi kerak.
Uning "Yuventus"ga qaytishi yoqimli hodisa bo'lar edi. U "Yuventus"ga ko'p narsa bera olar edi, turinliklarga markazda shunday o'yinchi kerak. Oxirgi paytlarda klubda kuchli yarim himoyachilar yo'q", - deydi Markizio.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus"da uzoq yillar harakat qilgan Markizio o'tgan yil futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.
O’xshash yangiliklar
11:39
"Real" keyingi yozda "Manchester Siti" etakchisini sotib olish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi 11
Fikrlar