Markinos: "PSJ Navas sabab qiyinchilikni engdi"

Alisher
11 mar 2021, 15:30
PSJ himoyachisi Markinos CHL 1/8 final javob o'yini doirasidagi "Barselona"ga qarshi bahs haqida gapirdi.

"Qiyin bellashuv. Biz bu o'yin ilk bahsdan farq qilishini tushunardik. "Barselona" "Kamp Nou"ga qaraganda ancha yaxshi o'ynadi. O'yin davomida qiyinchiliklarga uchradik.

Bu qiyinchiliklarni darvozabonimizning ajoyib ishtiroki sabab engdik. Keylor bu o'yinda bosh rolda bo'ldi", - deydi braziliyalik futbolchi.

Fransiya klubi umumiy 5:2 (4:1, 1:1) hisobida g'alaba qozondi va CHLning 1/4 final bosqichiga chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com