Markinos: "PSJ eng yaxshi mavsumini o'tkazmayapti"
10 may 2021 17:16
Yangiliklar
Markinos: "PSJ eng yaxshi mavsumini o'tkazmayapti"
PSJ himoyachisi Markinos Franciya chempionati 36-tur doirasidagi "Renn"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
O'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
"Biz yig'ilib, jiddiy tarzda suhbatlashib olishimiz kerak. Bu kabi muhim ochkolarni shunchaki yo'qotish mumkin emas. Bu birinchi bor ro'y berayotgani yo'q.
PSJ tez-tez xatolarga yo'l qo'ymoqda. Bu jamoa uchun eng yaxshi mavsum emas", - deydi braziliyalik futbolchi.
Parij grandi Franciya chempionatida 36 turdan so'ng 76 ochko jamg'argan holda, jadvalda ikkinchi o'rinda bormoqda. Maurisio Pochettino shogirdlari "Lill"da 3 ochko ortda borishmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar