So’nggi yangiliklar

12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  1 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  2 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  1 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  19 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  4

Markes Lopes: "Ikkinchi o'rin bizni qoniqtirmaydi. Osiyoda eng kuchli ekanimizni isbotlashimiz kerak" Yangiliklar

Markes Lopes: "Ikkinchi o'rin bizni qoniqtirmaydi. Osiyoda eng kuchli ekanimizni isbotlashimiz kerak"

Iordaniya va Qatar termalari o'rtasidagi Osiyo kubogi final o'yinidan oldin Qatar termasi ustozi Markes Lopes hal qiluvchi bahs haqidagi o'zining yakuniy hulosalarini bayon qildi.

"Tiklanib olish uchun faqatgina ikki kun vaqtimiz bo'ldi. Dam olish va qayta tiklanish final oldidan hal qiluvchi faktor bo'ladi. Ayniqsa, final Iordaniya kabi kuchli raqibga qarshi ekanini hisobga olsak.

Barcha shogirdlarimga to'liq ishonaman. Ular bu bosqichga munosib edilar. Har bir futbochimiz finalgacha bosib o'tilgan yo'lda o'z hissasini qo'shdi. Bu falsafamizning ajralmas qismi.

Futbolchilar mashina emas. Ular tinmay yugurishadi, futbol o'ynash qiyin. Afif, Almoez va Al Haydoslarni o'zgartirib turishimiz tabiiy holat. Hech qaysi o'yinchi 90 daqiqa yuqori tempda o'ynolmaydi. G'alaba qozonish uchun barchasini qilamiz. 

Finalda doim bosim bo'lgan. Turnirda katta sensaciya qayd etayotgan Iordaniyaga qarshi bu bosim yanada katta bo'ladi. Biroq, biz vazmin holatdamiz, nima qilishni yaxshi bilamiz. Ikkinchi o'rin bizni qoniqtirmaydi. Osiyoda eng kuchli ekanimizni isbotlashimiz kerak", -deydi Markes Lopes.

Eslatib o'tamiz, Iordaniya va Qatar termalari o'rtasidagi Osiyo kubogi final o'yini 10 fevral kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика