So’nggi yangiliklar

12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  0 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизишни ишлари бошлади  0 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  2 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  1 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  4 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  6 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3

Markaziy Osiyo futbol associaciyasi (CAFA) OFK prezidentligi uchun saylovda SHayx Salmon nomzodini bir ovozdan qo'llab quvvatlaydi Yangiliklar

Markaziy Osiyo futbol associaciyasi (CAFA) OFK prezidentligi uchun saylovda SHayx Salmon nomzodini bir ovozdan qo'llab quvvatlaydi

Markaziy Osiyo futbol associaciyasi 2019 yil 6 aprel kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo'lib o'tadigan OFK Kongressidagi saylovda SHayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa nomzodini bir ovozdan qo'llab-quvvatlashini malum qildi.

Markaziy Osiyo futbol associaciyasi tarkibiga kiruvchi Afg'oniston, Eron, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston futbol associaciyalari bugun 22 mart kuni Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida bo'lib o'tgan CAFA kongressida SHayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa nomzodini yoqlab ovoz berishdi.

"6 aprel kuni 47 ta federaciya Osiyo Futbol Konfederaciyasining yangi prezidentini saylash uchun ovoz berish jarayonida ishtirok etadi. Ushbu saylovlardagi nomzodlarning dasturlari bilan tanishib chiqib, bugungi kunda Osiyo futbolini nurli kelajak sari ildam etaklaydigan munosib nomzod – SHayx Salmon bin Ibrohim ol-Xalifa, degan xulosaga keldik, - dedi CAFA prezidenti Umid Ahmadjonov.

- Bu kishi futbol boshqaruviga pastki bo'g'indan kelganligi uchun ham futbol rivoji uchun zarur bo'lgan islohotlarni yaxshi biladi. Avvaliga o'z mamlakati Bahrayn Futbol Federaciyasi, keyinchalik Osiyo Futbol Konfederaciyasi, qolaversa, FIFAning birinchi vice-prezidenti sifatida ham juda katta islohotlarni amalga oshirdi.

Bugun SHayx Salmonning 6 yillik faoliyatiga to'xtalib o'tishning hojati yo'q, chunki barchangiz uning faoliyatini 2013 yildan beri kuzatib kelayapsiz. SHulardan kelib chiqib, Markaziy Osiyo futbol associaciyasi azolari SHayx Salmon 2019-2023 yillar davomida ham Osiyo futbol Konfederaciyasi prezidenti sifatida o'z ishini davom ettirishini bir ovozdan maqullashlarini malum qilishadi”.

Malumot uchun, SHayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa 2013 yil may oyida OFK prezidenti etib saylangandi. U o'tgan yil sentyabrda Toshkentda bo'lib o'tgan OFK Ijroiya Qo'mitasi yig'ilishida navbatdagi OFK prezidentligi uchun saylovda yana o'z nomzodini qo'yishini elon qilgandi.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика