So’nggi yangiliklar

16:12Пеп Гвардиола: "Манчестер Сити" трансферлари ҳақида фикр билдирмайман"  8 16:03Асадбек Раҳимжонов "Бунёдкор"га қайтди  0 15:27Акмал Мозговой "Насаф"да қоладиган бўлди  7 14:25Кичин "Локомотив"ни тарк этиб, "Барс"га ўтди  3 14:15Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   37 13:59"Бунёдкор"га легионерлар оқими давом этмоқда. Клуб черногориялик футболчи билан шартнома имзолади  6 13:24Ўзбекистонлик ҳакам футзал бўйича Осиё Кубоги саралаш баҳсларида ишлайди  0 12:52Расман: Жоэль Кожо - "Истиқлол" футболчиси  3 12:35"Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  25 12:14"Манчестер Юнайтед" скаути: "Унда "Юнайтед" ДНКси бор, афсуски бизникилар буни кўра олишмади"  30 11:56Испаниялик мутахассис "Қизилқум"да ишлайди  2 10:53Ҳусанов «Ланс» рекордини такрорлайди  22 10:26«Нефтчи»га ўтган Искандеров нималар деди?  17 09:57Бразилиялик ярим ҳимоячи "Пахтакор" йиғинига қўшилади  14 09:30Ҳусанов осиёликлар ичида АПЛ рекордини янгилайди  37

Mark Klattenburg: "Bunday katta bayramda ishtirok etish yoqimli" Yangiliklar

Mark Klattenburg: "Bunday katta bayramda ishtirok etish yoqimli"

Kardiffda bo'lib o'tadigan UEFA Superkubogidan oldin ingliz hakami Mark Klattenburg UEFA rasmiy saytiga intervyu berdi.
-Nimalarni his qilyapsiz?
Hursandman. Kayfiyatim yuqori. Ko'p narsa his qilayotganim yo'q - hozir uyimizda ham shu erdagidek shomol va yomg'ir bo'lyapti. Lekin Superkubok uchun o'yin Kardiffda o'tishi juda ajoyib. Bunday katta bayramda ishtirok etish yoqimli.

-Ispancha bilasizmi?
Bir necha so'zni bilaman xalos. Ikki ispan jamoasi uyinini boshqarish ingliz hakami uchun qiziq imtihon. Mening brigadam o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatadi degan umiddaman.

-O'yindan oldin nimalar ustida ishladingiz?
Jamoalar har yili o'zgaradi, yangi murabbiy va futbolchilar keradi. SHu sababli mavsum boshida buni barchasini nazorat qilish oson emas.  Ammo klublar mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishdi. Hakamlar o'yinni taktik va temp jihatidan jiddiy analiz qilishadi. Har qanday mayda narsa bizga o'yin payti yordam berishi mumkin.  Agar men o'yinga tayyorgarlik ko'rsas, maydonda bizga osonroq bo'ladi.

-Bunday o'yinlar va premer-liga uchrashuvlari o'rtasida farq bormi?

Hozir oldingiday katta farq qilmaydi. CHunki Angliya chempionati texnika ko'p ishlatiladigan va sekinroq bo'lib qoldi. Xalqaro uchrashuvlarda jamoalar oldingiday to'p bilan ko'proq egalik qilmoqda, ammo o'sha o'yin va o'sha 90 daqiqa.

-Mavsum boshida bunday baxsga qanday tayyorgarlik ko'ryapsiz?

Bu biz uchun mavsumdagi birinchi o'yin va unga jismonan va ruhan tayyormiz. Men ko'p shug'ullandim, psixologiya ustida ham ishladim. Katta musoboqalarga tayyor bo'lish uchun biz sport psixologlari bilan ishlaymiz.

-Bunday mavsum starti futbolchilarni ham qo'rqitib qo'yishi mumkin ...

Mavsumlar oralig'ida barcha vaqtni belgilab olishga harakat qiladi. Mavsum oxirida siz jismoniy va ruhiy charchoqni his qilasiz, shu sababli dam olish uchun vaqt topish muhim. Bu borada bizga UEFA yordam beradi. Biz qachon mashg'ulot o'tkazish xaqida maslahat olamiz, ammo shaxsan men shug'ullanishdan charchamayman.Menga o'zimni formada ushlab, yanada kuchliroq mashq o'tkazish yoqadi. Men to'rt hafta oldin mashg'ulotlarni og'irlashtirdim va Superkubokka hakam tayinlashayotganda tayyor bo'lib turgandim.  Meni tanlashgani meni o'zgartirmadi, chunki men bu o'yinga har extimolga qarshi tayyor edim. Formani ushlab turish juda muhim.

-O'yindan oldin nimalar bilan mashg'ul bo'lasiz?
Evrokubok o'yinlari premer liga o'yinlaridan farq qiladi - siz uchrashuv boshlanishidan bir kun oldin u erga borishingiz kerak. SHu sababli komandirovkadan oldin men to'g'ri ovqatlanishga va yaxshi uhlashga harakat qilaman. O'yindan oldin brigadam ikkala jamoa vakillari bilan tashkillashtirilgan uchrashuvda ishtirok etishadi, keyin esa o'zimiz suhbatlashamiz. Biz o'tgan o'yindagi holatda nima qilish, qanday hal qilish haqida baxslashamiz.

-O'tgan mavsumda siz Evropa Ligasining yarim finalini va CHempionlar Ligasining chorak finalini boshqardingiz. Hozir ham o'yindan oldin hayajonlanyapsizmi?
Men buni hayajon deb atamagan bo'lardim. O'zgacha tuyg'u. Havotir olishga o'hshaydi. Katta voqeada millionlab muxlislar ko'z o'ngida maydonga chiqishga sabrim chidamayapti. Buning bir qismi bo'lish - juda zo'r. 16 yoshimda hakamlik qilishni boshlaganimda, bunday darajadagi o'yinlar haqida orzu ham qilmagan edim. Bu katta va ajoyib voqea.

-Kelajakda oldingizga qanday maqsadlar qo'yyapsiz?
Har mavsumni oldingisidan ko'ra yaxshiroq o'tkazish maqsadi bilan boshlayman. O'tgan yil men uchun omadli keldi desam bo'ladi, ammo hozir ham xatolarim ustida ishlashim kerak. Agar bari omadli kelsa, mening mehnatlarim mukofotsiz qolmaydi".
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика