Mark Andre ter-SHtegen "Bavariya"dan uchralgan yirik mag'lubiyatni yodga oldi
05 sen 2023 23:55
Yangiliklar
Mark Andre ter-SHtegen "Bavariya"dan uchralgan yirik mag'lubiyatni yodga oldi
"Barselona" posboni Mark Andre ter-SHtegen ECHL-2019/20da "Bavariya"dan uchralgan 2:8 hisobidagi mag'lubiyatni yodga oldi.
"Mag'lubiyat og'riqli bo'lgandi, biroq bu mening shaxsiy hayotimda o'sishimga turtki bo'ldi. Bunday og'ir kunlar doimo oldinga qadam tashlashga yordam beradi. Agarda bunday bo'lmasa, Siz "Barselona"da o'ynashga loyiq bo'lmaysiz. Tarkibimizdagi futbolchilar ushbu mag'lubiyatdan keyin yanada jangovar bo'lib qoldi", - dedi ter-SHtegen "Barca Universal" nashriga.
9 mavsum davomida Kataloniya klubi tarkibida o'ynayotgan posbon 379 o'yinda maydonga tushib, 368 gol o'tkazib yubordi.
Fikrlar