Mark Andre ter-Shtegen "Bavariya"dan uchralgan yirik mag'lubiyatni yodga oldi

Mirjalol Normatov
5 sen 2023, 23:55
"Barselona" posboni Mark Andre ter-Shtegen YCHL-2019/20da "Bavariya"dan uchralgan 2:8 hisobidagi mag'lubiyatni yodga oldi.

"Mag'lubiyat og'riqli bo'lgandi, biroq bu mening shaxsiy hayotimda o'sishimga turtki bo'ldi. Bunday og'ir kunlar doimo oldinga qadam tashlashga yordam beradi. Agarda bunday bo'lmasa, Siz "Barselona"da o'ynashga loyiq bo'lmaysiz. Tarkibimizdagi futbolchilar ushbu mag'lubiyatdan keyin yanada jangovar bo'lib qoldi", - dedi ter-Shtegen "Barca Universal" nashriga.

9 mavsum davomida Kataloniya klubi tarkibida o'ynayotgan posbon 379 o'yinda maydonga tushib, 368 gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal