Mario Suares: "Atletiko" "Real" bilan to'qnash kelishni istamagan edi"
24 mar 2015 13:14
Yangiliklar


Mario Suares: "Atletiko" "Real" bilan to'qnash kelishni istamagan edi"
"Atletiko" yarim himoyachisi Mario Suares "Real"ga qarshi uchrashuv qiyin bo'lishi haqida takidladi.
Navbatdagi Madrid derbisi CHempionlar ligasi chorak finali doirasida bo'ladi.
"Real" juda kuchli jamoa va biz bilan o'yinda ular etakchi hisoblanadi. Bundan tashqari, ularning muhim futbolchilari yana safga qaytdi. Hech kim bunday kuchli jamoaga qarshi o'ynashni istamasa kerak. Biz ham shu fikrdamiz. Kurash tomoshabop bo'lishi aniq" - deydi Suares.
Eslatib o'tamiz, bu jamoalar o'rtasidagi birinchi uchrashuv 14 aprelda, javob o'yini esa 21 aprelda bo'lib o'tadi.

Fikrlar