Marezga Misrga kirish taqiqlanishi mumkin. U bosh vazir qo'lini siqib qo'ymadi
23 iyu 2019 15:03
Yangiliklar


Marezga Misrga kirish taqiqlanishi mumkin. U bosh vazir qo'lini siqib qo'ymadi
"Manchester Siti" va Jazoir terma jamoasi hujumchisi Riyad Marez Afrika Kubogi bo'lib o'tgan Misr mamlakatiga kelajakda kira olmasligi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, Afrika Kubogi final bahsidan so'ng o'tkazilgan taqdirlash marosimida 28 yoshli futbolchi Misr bosh vaziri Mustafo Madbuli va mamlakat sport vaziri Ashraf Sobhilarning qo'lini siqib qo'ymagani uchun quyidagi sankciyaga uchrashi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Afrika Kubogi finalida Jazoir terma jamoasi Senegalni 1:0 hisobida mag'lub etgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar