Marez: "Penalti? Xatto super futbolchilar ham 11 metrlik jarimadan gol ura olishmaydi"
08 okt 2018 13:28
Yangiliklar
Marez: "Penalti? Xatto super futbolchilar ham 11 metrlik jarimadan gol ura olishmaydi"
"Manchester Siti" hujumchisi Riyad Marez "Liverpul"ga qarshi APLning 8-tur uchrashuvida (0:0) ura olmagan penaltisi haqida fikr bildirdi.
"Ha, ko'rsatkichlarim APLdan ko'ra CHempionlar ligasida yaxshiroq. Olg'a intilishda davom etib, kuchli bo'lib qolishimiz kerak. Futbol va hayotda shunday bo'lib turadi. "Liverpul"ga qarshi bahsda men ura olmagan penalti kaminaga tasir qilmaydi. Hamma penalti ura olmaydi - xatto super futbolchilar ham.
Albatta, gol urishni istagandim. Markazga zarba berishga qaror qildim - to'p esa yuqoriga ko'tarilib ketdi. Bu futbolning bir qismi - bazida gol urasa, bazida xato qilasan. Ammo eng asosiysi - biz yaxshi o'yin ko'rsatdik" - deydi Marez.
Fikrlar