So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  2 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

Marchello Lippi: “Biz OCHL g'olibiga aylanish uchun etarli ishni amalga oshirdik” Yangiliklar

Marchello Lippi: “Biz OCHL g'olibiga aylanish uchun etarli ishni amalga oshirdik”

Osiyo chempionlar ligasi javob finalidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida ikkala jamoa ustozlari ishtirok etishdi.
Yong SU CHOY (“Seul” FK bosh murabbiyi): - Birinchi bo'limda raqibga ko'plab imkoniyatlarni taqdim etdik, lekin tenglikni saqlab qoldik. Ikkinchi bo'limda esa raqibning hujumdagi legionerlari xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi va gol urishdi. Biz darhol bunga javob qaytardik. SHundan keyin yana imkoniyatlar bo'ldi, biroq bazi mayda xatolar umumiy g'alabaga kamlik qildi. Turnirdagi ilk o'yinimizni o'tkazganimizdan buyon futbolchilar faqat oldinga qarab yurishdi. Bir necha bor g'alabalardan quvondik, biroq futbolda faqatgina chempionlik quvonish uchun asosiy sabab bo'la oladi. Biz esa bunga erishmadik. SHu sababli qalbimizda g'amginlik sezyapmiz. Lekin bu futbol.

Marchello LIPPI (“Guanchjou Evergrand” bosh murabbiyi):
- Barchasi rejamiz bo'yicha ketdi. Tanaffusgacha ustunlikni hisobda aks ettirmadik. Ikkinchi bo'limda Muriki va Elkeson ko'plab vaziyatlarga ega bo'lishdi. Hisob ochganimizdan keyin tezda gol o'tkazib yubordik va bu yog'iga barchasi 50ga 50 bo'lib qolgandi. Yana bir gol bizga qimmatga tushishi mumkin edi. Lekin barchasi biz uchun yaxshi yakun topdi va musobaqada g'olib chiqdik. Menimcha, biz OCHL g'olibiga aylanish uchun etarli ishni amalga oshirdik. Bunga arziydigan o'yin namoyish qildik. Nimchorak, chorak va yarim finalda raqiblarni uyda va mehmonda dog'da qoldirdik. Finalda ham har 2 o'yinda yaxshiroq harakat qildik. UEFA CHempionlar ligasida “Milan” 2003 yil qatorasiga 3 bahsda durangga erishib, g'olib bo'lgandi. Bu yil Osiyo jamoalari orasida sovringa eng munosibi bizning jamoa edi.


Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика