Marca: “Barselona” – PSJ hakami endi ECHL o'yinlarini boshqarmasligi mumkin
10 mar 2017 00:44
Yangiliklar


Marca: “Barselona” – PSJ hakami endi ECHL o'yinlarini boshqarmasligi mumkin
“Barselona” - PSJ uchrashuvini (6:1) boshqargan germaniyalik hakam Deniz Aytekin joriy mavsumda CHempionlar ligasidagi uchrashuvlarni boshqarmasligi mumkin.
Aytekinning uchrashuv davomidagi ayrim qarorlari ko'plab tanqidlarga sabab bo'ldi. Jumladan, Di Mariyaga ishlatilgan qo'pollik va “Barsa” foydasiga belgilangan penalti.
Gazeta tarqatgan xabarlarga ko'ra, Aytekin ECHLda yana bitta o'yinga tayinlanish ehtimoli juda past. Bu borada yakuniy qarorni FIFA hakamlar qo'mitasi rahbari Perluiji Kollina qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar