So’nggi yangiliklar

11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  2 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4

Marat Miftaxutdinov: "Yigitlar har bir o'yinga g'alaba xohishi bilan chiqishyapti" Yangiliklar

Marat Miftaxutdinov: "Yigitlar har bir o'yinga g'alaba xohishi bilan chiqishyapti"

Coca-Cola Superligasining 24-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Dinamo" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Marat Miftaxutdinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Albatta, qiyin o'yin bo'ldi. Birinchi navbatda "Nasaf" jamoasini bugungi g'alaba va kubokdagi muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz. Bugungi o'yin oson o'tmasligini bilardik. "Nasaf" hozirda chempionlik uchun kurashmoqda. Tarkibimizda mahoratli futbolchilar etarli emas, aksariyati yosh. Masalan bugun himoyada bitta tajribali legioner futbolchi o'ynadi.

- "Dinamo"ning keyingi maqsadlari qanday?

- Aytib o'tganimdek, bizda tarkib borasida muammolar bor. Yigitlar har bir o'yinga g'alaba hohishi bilan chiqishayapti. Ammo, ko'rib turganingizdek, bizda tarkib va mahoratli futbolchilar borasida muammolar talaygina.

- Klub rahbariyatining jamoaga etibori yaxshimi?

- Albatta, yaxshi. Bizda moliyaviy masalalar bo'yicha muammo yo'q. Tarkib borasidagi muammolar selekciya jarayoni bilan bog'liq.

- "Dinamo" nega har o'yinda o'zgarishlarni juda erta amalga oshirmoqda?

- Aksariyat futbolchilar yosh. O'yinga kirishib ketishda xatoliklarga yo'l qo'yishmoqda. SHu sababdan o'zgarishlar qilishga majbur bo'layapmiz.

- SHohmalik Komilovning almashtirilishiga sabab nima?

- SHohmalik iqtidorli futbolchi. Biroq, bugungi o'yinda u jismonan tayyor emasligi ko'rinib qoldi. 

- Vadim Abramov nega matbuot anjumanida qatnashmayapti?

- Vadim Abramov samolyotga kech qolayotgan edi. SHu sabab o'rniga men kirdim. Bosh murabbiyga savollar bo'lsa keyinroq bemalol so'rab olishinglar mumkin. Jamoamizda yashiradigan hech qanday sir yo'q.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика