

Bu mavsumni birinchi ligada "Oq-tepa" klubida boshlagan, biroq mart oyidayoq o'z xohishiga ko'ra jamoadan ketgan Marat Miftaxutdinov "Mashal" murabbiylar shtabidan o'rin oldi.
Bugungi "Olmaliq" bilan o'yinda aynan Miftaxutdinov jamoani boshqardi. Sababi bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov Rossiyaga uchib ketdi. Murabbiy Yangi yil bayramidan so'ng O'zbekistonga qaytadi.




