So’nggi yangiliklar

02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  5 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  0 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  31 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  1 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  17 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  3 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  39 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96

Marat Miftaxuddinov: Yakka tartibda shug'ullanish bilan jamoaviy mashg'ulot orasida farq bor Yangiliklar

Marat Miftaxuddinov: Yakka tartibda shug'ullanish bilan jamoaviy mashg'ulot orasida farq bor

Karantinda hukumatimiz tomonidan qo'yilgan talablarga qatiy amal qilayotgan "Bunyodkor" katta murabbiyi Marat Miftaxuddinov o'z fikrlarini bildirdi.

- Barcha qatori men ham karantin qoidalariga qatiy amal qilgan holda uydaman. Asosiy vaqtim eski uchrashuvlarni tahlil qilib, xatolar ustida bosh qotirish bilan o'tyapti.

Futbolchilarga uyda shug'ullanishlari uchun vazifalar berilgan. Buni maksimum darajada nazorat ham qilib turibmiz. Biroq uyda yakka tartibda shug'ullanish boshqa, jamoaviy mashg'ulotlar umuman boshqa. Qolaversa, karantin muddati qancha cho'zilsa yakka tartibdagi mashg'ulotlar ham cho'zilaveradi va o'z-o'zidan jamoa bo'lib yig'ilish ham kechikadi. Bu o'z-o'zidan ko'p narsaga tasir qiladi.

Karantin yakunlangach jamoani mashg'ulot o'tkazib o'ziga kelib olishi uchun kamida ikki hafta kerak bo'ladi. SHunda ham bu ikki hafta davomida birinchi o'yingacha futbolchilarning jismoniy holatini emas, to'p bilan muomala va boshqa jihatlarini tayyorlash mumkin. Jismoniy holat o'yinlar va mashg'ulotlar orqali yaxshilanadi. Aslida bunday holatlarda jamoani tayyorlash uchun vaqt qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi.

Biz endigina Superligani boshlagandik. Oldimizda O'zbekiston Kubogi va Liga Kubogi bahslari bor. Bu yog'iga vaqt kam, o'z-o'zidan o'yinlar orasidagi kun farqi ham qisqaradi. Fikrimcha bu yil hisobidan O'zbekiston Liga Kubogini o'tkazmay turgan maqul. Zero, Superliga va O'zbekiston Kubogi orqali Osiyo CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish mumkin, ammo Liga Kubogining g'olibligi hech narsa bermaydi. Qolaversa, bu yildan etiboran Liga Kubogida qo'shni yurt jamoalari ham ishtirok etishi lozim edi. Bu albatta yaxshi, biroq qo'shni yurtda ham o'yin o'tkazadigan bo'lsak o'z-o'zidan vaqt, kun kerak bo'ladi. Bizga hozir o'sha kunlar etmasligi mumkin. Yana qaytaraman, bu fikrim shu yilning hisobidan. Bir necha yillik tajribadan kelib chiqib aytaman, jamoa minimum holatda uch kun o'tkazib, to'rtinchi kun rasmiy o'yinda maydonga tushsa maqsadga muvofiq. Aslida uchinchi kun ham o'ynasa bo'ladi, faqat bunday ayrim qiyinchiliklarga duch kelish mumkin.

Evropada maoshni qanchadir foizga kamaytirish g'oyasi ilgari surilayotganidan xabarim bor. Bunday gap-so'zlar yurtimizda ham kezib yurganini bilaman. Murabbiy sifatida bunga qarshi emasman. Maoshingni qanchadir qismini shunday qiyin kunlarda xayrli ishlarga ajratish yoqimli va kishini xursand qiladi. Aytganimdek bunga qo'shilaman, qo'shilganda ham to'liq qo'shilaman, faqat-faqat buning uchun oylik olish kerak, olganda ham o'z vaqtida olish lozim. SHundagina xotirjam pulingizni xayrli ishlarga sarflaysiz, - deydi Marat Miftaxuddinov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика