So’nggi yangiliklar

09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  3 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  5 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  9 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  3

Marat Miftaxuddinov: “Qiladigan ishlarimiz ko'p” Yangiliklar

Marat Miftaxuddinov: “Qiladigan ishlarimiz ko'p”

O'tgan birinchi liganing etakchi klublaridan biri “Oq-tepa” jamoasining murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi.

2015 yilgi mavsumda jamoani boshqargan Ildar Sakaev o'z xohishiga ko'ra istefoga chiqdi va uning o'rnini Marat Miftaxuddinov egalladi. “Oq-tepa” yangi murabbiy qo'l ostida uchta nazorat uchrashuvini o'tkazishga ham ulgurdi. O'tgan haftaning dam olish kuni “Paxtakor-2” bilan kuch sinashgan toshkentliklar kecha “Metallurg” va “SHo'rtan” bilan hisob-kitob qilishdi. Biz murabbiy bilan uchrashib, o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

- Marat Valentinovich, “Oq-tepa” jamoasiga sizni kim va qachon taklif qildi?

- Yanvarning birinchi sanasida jamoa boshlig'i Gavrilov Vladimir Vladimirovich qo'ng'iroq qilib, klubda ishlashni taklif qildi. Bu vaqtda boshqa jamoalardan taklif bo'lganligi sababli birdaniga javob bera olmasdim. Malum muddat takliflarni o'rganib chiqdim va qolganlarga rad javobini berib, “Oq-tepa”da ishlashga rozilik bildirdim.

- Bunga qadar “Oq-tepa” haqida nimalar bilardingiz?

- “Oq-tepa”ni birinchi liganing etakchilaridan biri ekanligini bilardim. Qolaversa, oxirgi yillarda oliy ligaga chiqishni ko'zlayotganidan ham xabarim bor edi. Bu erga kelib shunga amin bo'ldimki, jamoada yaratilgan sharoitlar oliy liga talablariga javob beradi.

- Jamoa bilan shartnoma tuzdingizmi?

- Hozircha yo'q. Klub rahbari bilan og'zaki tarzda kelishuvga erishganmiz. SHartnomani rasmiylashtirish unchalik qiyin ish emas, deb o'ylayman. Hozirgi asosiy ishimiz kurashuvchan jamoa tuzish. Tuzgan jamoamiz oliy ligaga chiqishni uddalay olishi kerak. Ish boshlaganimdan keyin shunga amin bo'ldimki, selekciya borasida ko'p ish olib borishimiz lozim. Tarkibda bir qator muammolar bor.

- “Oq-tepa”da sizni nimalar xursand qildi?

- Yuqorida takidlaganimdek, bu erda yaratilgan sharoitlar alo darajada. Jamoa bazasida futbolchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bunday baza hatto oliy liganing aksar klublarida ham yo'q. Maydon yonimizda, avtobusda u erga, bu erga borib, mashg'ulot o'tkazib yurmaymiz. Trenajer zal, sauna, basseyn ham bor. Qisqasi, bu erda ishlash uchun barcha narsa muhayyo. Bizdan shunchaki ishlash talab qilinadi.

- Tarkib borasida nima deysiz? O'tgan yilgi tarkib saqlanib qoladimi yoki klubga o'zingiz tanigan va bilgan o'yinchilarni olib kelasizmi?

- To'g'ri, “Traktor”dan ketib “Lokomotiv”da ish boshlaganimizda o'zimiz bilgan futbolchilarni olib kelganmiz. CHunki hamma o'yinchi oliy liga va kuchli klublarda to'p surishni istaydi. Oddiy misol, “Oq-tepa”ni o'tgan yilgi tarkibidan joy olgan o'nga yaqin futbolchi oliy liga klublariga yo'l oldi. Bu tabiiy hol. Ular nisbatan kuchli jamoalar safida o'ynashni istar ekan, marhamat, qarshilik qilmaymiz. Aytmoqchimanki, bu birinchi liga. Biz bilgan o'yinchilar quyidan ko'ra, ko'proq oliyda o'ynashni xohlashadi.

- Odatda oliy liga klublari tarkibidan o'rin ola bilmagan futbolchilar quyi jamoalariga kelishadi. Fikrimizcha, “Oq-tepa” bilan ham shunday holat yuz berishi mumkin. Kurashuvchan jamoa tuzish uchun hozirdanoq o'zakni aniqlab olasizmi yoki oliy liga “zayavka”sining so'nggi kunlarini kutasizmi?

- Mavsum start olishiga ikki oy vaqt bor. Bu muddat tayyorgarligimiz uchun etarli, deb o'ylayman. Tarkibga kelsak, ha, oliy liga jamoalari tarkibidan joy ololmagan futbolchilarga rad javobini bermaymiz. Ularni ham ko'rikka taklif qilamiz. Ammo bu bilan jamoa o'zagini butunlay yangilab tashlamaymiz. Yani, birdaniga 10 nafar futbolchini chaqirmaymiz. Qaysi chiziqlarimizda muammo bo'lsa va o'sha futbolchi bo'sh chizig'imizni kuchaytirishiga ishonsak, u bilan shartnoma tuzamiz. Bunday o'yinchilar soni ikki yoki uch nafarni tashkil qilishi mumkin.

- Bilamizki, oliy ligadan tushib ketgan klub bir yilning o'zidayoq ortga qaytadi. Bu yil “Dinamo” oliyga qaytishga asosiy nomzod bo'lib turibdi. Albatta “Oq-tepa” ham o'z oldiga oliyga chiqishni bosh maqsad qilib qo'ygan, ammo samarqandliklar bu borada katta ustunlikka ega bo'lishi aytilmoqda.

- Maqsadimiz oliy liga ekan, raqib tanlamasdan o'ynashimiz va birinchi o'rinni qo'lga kiritishimiz kerak. “O'tish o'yini” bu – lotoreya. Unda har doim ham omad kelavermaydi. Oliy ligaga chiqish uchun mavsumni peshqadam sifatida yakunlash shart! Biz shunga harakat qilamiz. Yana bir gap: oliy ligaga chiqishni nafaqat biz yoki “Dinamo”, balki “Nurafshon”, “Xorazm”, “Zomin” va “Cementchi” jamoalari ham xohlayotganini yashirmayapti. Demak, oliy liga yo'llanmasi uchun kurash oson kechmaydi.  

- Oliy ligaga chiqishni ko'zlayotgan klublarning yillik “smeta”si orasida farq bor. Xususan, katta ehtimol bilan “Dinamo” bu borada boshqalardan ustun. Aytmoqchimanki, jamoalarning moddiy holati oliy ligaga chiqishga qanchalik yordam beradi?

- Pul futbolda har doim muhim rol o'ynaydi. Futbolchi o'ziga bo'layotgan takliflarni o'rganib chiqadi-da, albatta ko'proq pul beradiganiga rozilik bildiradi. Bu hayotiy haqiqat. O'yinchi qisqa davom etadigan faoliyatida ko'proq pul ishlab olishni maqsad qiladi. Hozirgi kunda pulni ikkinchi darajada qo'yadiganlar kam. SHunday bo'lsa-da, ishlashda davom etamiz. Anig'i shuki, kurashamiz.

- Bu yil “Oq-tepa”ni ortda qoldirib oliy ligaga yo'l olgan “Obod”ning tarkibi nisbatan yosh o'yinchilardan tashkil topgan edi. Siz oliy ligaga chiqish yo'lida tajribaga tayanasizmi yoki yosh o'yinchilarning ishtiyoqiga?

- Tarkibda tajribali futbolchilar bo'lishi aniq. Sababi, tajriba har doim kerak va muhim pallada asqotadi. Men ko'proq aralash tarkibga etibor qarataman. Yani, qo'l ostimdagi jamoaning o'rtacha yoshi 25-26ni tashkil qilishini rejalashtirganman. Tajriba va ishtiyoqni birlashtirib, bir kuchga aylantirmoqchiman.

- “Oq-tepa” siz uchun murabbiylik faoliyatingizda “tramplin” vazifasini o'tab bersa ajab emas. CHunki siz bunga qadar faqat “G'azalkent”da bosh murabbiy bo'lib ishlagansiz. Agar “Oq-tepa” bu yil sizning boshqaruvingizda oliy ligaga chiqsa, qaysidir manoda Marat Miftaxuddinov “yordamchi murabbiy” “tamg'a”sidan qutiladi. Mabodo vazifa bajarilmasa, bu “tamg'a” yanada mustahkamlanadi. Bu sizga ruhiy bosim tug'dirmayaptimi?

- Men hozir bu haqida o'ylayotganim yo'q. Ayni vaqtdagi asosiy maqsadim tarkibni shakllantirib, kuchli jamoa tuzish.

- Sizni doim Vadim Abramovning yonida ko'rganmiz. Endi sizning oldingizda Vadim Karlenovichni ham ko'ramizmi?

- Bunisini men emas, rahbariyat hal qiladi. Vadim Karlenovich hozir davolanish bilan band. Agar Vadim Abramov klubda ish boshlasa bundan albatta xursand bo'laman. CHunki bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Men qaerdadir xatoga yo'l qo'ysam, u kamchiliklarimni to'ldiradi. Hayotda shunday insonman: qaerdadir bosh bo'lsam-u, yonimga sherik kelsa, o'zimni boshqacha tutmayman. Aksincha, undan yordam olishga ham tayyorman.

- Siz bunga qadar oliy liga klublarida ishlagansiz. Birinchi ligada ishlashga har tomonlama tayyormisiz? Boisi, ikkala liga orasida juda katta farq bor. Tashkilotchilik, maydonlar va boshqa masalalar.

- 2013 yil “Mashal”da ishlaganimda jamoa birinchi ligada ishtirok etardi. Umuman olganda, birinchi liga yaxshi va kerakli musobaqa. To'g'ri, maydonlar borasida etarlicha muammolar bor, ammo quyida kurash boshqacha kechadi. Quyida xarakter birinchi o'ringa chiqadi. Yani, yomon maydonda to'p surishga majbur bo'lganida qo'l siltamasdan, bundan boshqa iloj yo'q, o'ynab yutish kerak, deya o'z xarakterini ko'rsatgan futbolchilar g'alaba qozonishadi.

Furqatbek NISHONOV suhbatlashdi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика