Marat Miftaxuddinov: "Men hamon "Mashal"da ishlayapman"
15 fev 2014 22:26
Yangiliklar

Marat Miftaxuddinov: "Men hamon "Mashal"da ishlayapman"
Yaqinda "Lokomotiv" boshqaruv postiga Vadim Abramov kelgach, ko'pchilik unga yordamchi sifatida Marat Miftaxuddinovning kelishini taxmin qila boshladi.
Xo'sh, chindan ham Abramovning uzoq yillik hamkori bo'lgan Marat Valentinovich "temiryo'lchilar" klubiga ko'chib o'tadimi?
- Abramovning "Lokomotiv"ga qaytganidan xabarim bor, albatta. Lekin u erga mening ham o'tishim borasida hozircha hech qanday gap yo'q. Boz ustiga hozirda "Mashal"da ishlayotganimni aytib o'tishim darkor.
- Yashirmayman, Vadim Karlenovich "Lokomotiv" bosh murabbiyi etib tayinlanganidan keyin, u bilan gaplashdik. Lekin bundan ko'zlangan maqsad "Lokomotiv"ga o'tishim borasida emas edi. Aniq taklif borasida ham hech qanday gap so'z bo'lgani yo'q. Yana qaytaraman, men hozir Aleksandr Xomyakovga yordam berib kelmoqdaman. Ertaga nima bo'lishini oldindan aytib bo'lmaydi, - deydi Marat Miftaxuddinov.
Islombek Rustambekov.

Fikrlar