So’nggi yangiliklar

16:12"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди  2 15:59Халқаро турнир. Хитой U-16 — Ўзбекистон U-16 ўйини учун таркиблар маълум  0 15:20Сон Хён Мин МЛС клубига рад жавобини берди  0 14:36"Манчестер Юнайтед" "Челси" ярим ҳимоячиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 13:45Калверт-Льюин Манчестер клубига ўтиши мумкин  1 13:05Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда  6 12:45ОКМК "Машъал"ни кичик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:23Opta: Клублар ўртасидаги ЖЧда ПСЖ фаворит ҳисобланмоқда  17 11:48Факт: "Динамо" Самарқандда 17 йилдан буён "Насаф"ни юта олмаяпти  3 11:22Балотелли Шимолий Америкага йўл олиши мумкин  0 10:45"Жар"даги жанг: Саҳна тайёр, роллар тақсимланган, навбат спектаклга   35 10:17Алонсо ПСЖга қарши учрашув ҳақида фикр билдирди  24 09:45"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади  3 09:08"Навбаҳор"нинг собиқ легионери фаолиятини "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 08:34Мусиала қанча муддатга сафдан чиққани маълум  8

Marat Miftaxuddinov: "Raqibning kuchiga to'g'ri baho bermadik" Yangiliklar

Marat Miftaxuddinov: "Raqibning kuchiga to'g'ri baho bermadik"

"Hokim Kubogi"ning 1-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor farm" (0:0) uchrashuvidan keyin "qaldirg'ochlar" ustozi Marat Miftaxuddinovning fikrlari bilan qiziqdik.

 "O'yin teng kurashlar ostida o'tdi, deb o'ylayman. Har ikkala jamoada ham gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. SHunchaki, vaziyatlardan foylanilmaganligi sababli uchrashuv durang natija bilan yakunlandi. Bugun raqibning kuchiga etarlicha baho bera olmaganimiz ko'rindi. Durangning asosiy sabablaridan biri ham shu. Zero, futbolchilar o'yingacha o'zini ruhan tayyorlab olmasa, uchrashuv davomida buni bajarish mushkul. Bugun ham shunday bo'ldi. Birinchi bo'limni o'zimiz xohlagandek o'tkaza olmadik. 

Tanaffusdan keyin hammasi joyiga tushgandek ko'ringandiki, ammo baribir vaziyat ijobiy tomonga o'zgarmadi. CHunki aytganimdek, bahs davomida ruhiyatni o'zgartirish oson emas. Aksincha, raqib "Bunyodkor"dek jamoaga qarshi to'p surayotganini his qilgan holda ishtiyoq bilan to'p tepdi. Maydonning har bir qarichi uchun kurashishdi. Maydonning holati juda yomon demagan bo'ladim. Boisi, qish mavsumi uchun tabiiy maydonlarning holati deyarli shunday bo'ladi. SHunchaki, biz bugun o'zimizga o'xshamadik, buning natijasi o'laroq g'alaba qozona olmadik. Bugungi durangning foydala tomonlari ham bo'lishi mumkin. Yani, futbolchilar keyingi uchrashuvlarda boshqacharoq ruhiyatda maydonga chiqishadi. Raqibning kuchiga jiddiy baho beradi",- deydi Marat Miftaxuddinov. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика