So’nggi yangiliklar

04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  95 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  27 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8

Marat Miftaxuddinov: “Bosh murabbiyning yo'qligi yigitlarga tasir o'tkazishi kerak emas” Yangiliklar

Marat Miftaxuddinov: “Bosh murabbiyning yo'qligi yigitlarga tasir o'tkazishi kerak emas”

Xabaringiz bo'lsa kerak, kecha birinchi liganing ikkinchi bosqich, 13-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Unda muddatidan oldin oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritgan “Mashal” kutilmaganda, “NBU-Osiyo”ga imkoniyatni boy berdi. Toshkentda o'tgan o'yinda, “gazchilar”ni maydonga yordamchi murabbiy Marat Miftaxuddinov olib tushdi. Boisi “Mashal”ning rossiyalik murabbiyi Aleksandr Xomyakov bundan bir necha kun ilgari yurtiga borib kelish uchun jo'nab ketgandi.

Bu ham qaysidir manoda, “Mashal” futbolchilariga tasir o'tkazgan ko'rinadi. Uchrashuvdan so'ng, Miftaxuddinov bilan suhbatlashdik.

- Marat Valentinovich, “Mashal” oliy liga yo'llanamasini muddatidan oldin qo'lga kiritgan bo'lsada, 13-turga kelib, kutilmaganda, “NBU-Osiyo”ga imkoniyatni boy berdi. Bu mag'lubiyat ko'pchilik uchun shubhali ko'rindi. Omadsizlikni qanday izohlaysiz?
- Futbol shunday o'yinki, unda g'alaba va mag'lubiyat doimo yonma-yon yuradi. “NBU-Osiyo”ning ham o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rganligi bilinib turdi. Raqib oxirgi uchrashuvga tushgandek, tuyuldi. Biz ham har galgidek, bu bahsga jiddiy qarab, puxta tayyorgarlik ko'rgandik. Ammo yakunda mag'lubiyatga uchradik. To'g'ri, bu ko'pchilik uchun kutilmagan natija bo'ldi. Futbol shunday kutilmagan syurprizlari bilan qiziq.

- O'yin haqida nima deysiz?
- Uchrashuvdagi ustunlik to'liq jamoamiz tomonida bo'ldi. Gol urish uchun bir qator imkoniyatlar yuzaga keltirildi. Ammo ulardan unumli foydalanishga kelganida, yigitlarga sovuqqonlik etishmadi. Ikki bor darvoza ustuni mezbonlarni muqarrar gollardan saqlab qoldi. SHuningdek, jarima to'plaridan ham oqilona foydalana olmadik.

“NBU-Osiyo” ham yaxshi jamoa. Lekin ularning himoyachilari to'pni olishi bilanlq, ko'pincha oldinga tepib yuborishdi. Oldindagi o'yinchilari xavfli vaziyat yaratishga harakat qilishadi, o'xshasa, o'xshab qoladi, aksincha bo'lsa, o'yinni yana shunday davom ettirishdi. Mag'lubiyatning yana bir sababi deb maydonning xolatini aytgan bo'lar edim. Muborak va Andijonda qanday sifatli maydonlar borligini o'zingiz yaxshi bilasiz. “NBU-Osiyo” maydoni esa mazmunli va kombinacion o'ynash imkonini bermaydi. Mezbonlar bu maydonda o'ynayverib, moslashib qolgan ekan.   

- Ushbu o'yindan bir necha kun oldin, bosh murabbiy Xomyakov yurtiga, yani Rossiyaga borib kelish uchun uyiga ketganidan xabarimiz bor. Aytingchi, uning yo'qligi uchrashuvda qanchalik bilindi?
- To'g'ri, bosh murabbiyimiz uyiga ketgan. Lekin bilasizmi, uning yo'qligi futbolchilarga katta tasir o'tkazishi kerak emas. Sababi yigitlarning barchasi professionaldir. Ular maydonga chiqib, nima qilish kerakligini juda yaxshi biladi. SHuningdek futbolchilar g'alaba orqali yaxshigina mukofot puli ham olishadi.

- O'yindan oldin, yigitlarning ruhiy tayyorgarligi qanday edi?
- Hammasi yaxshi edi. Odatdagidek, hozirlik ko'rilgandi. Futbolchilarga tushuntirdik, garchi vazifani bajargan bo'lsakda, maqsadimiz birinchi o'rinni egallash ekanligini. Ammo maydonga chiqib kelgach, ularning miyalarida, raqibni osonlikcha yutamiz degan fikr bo'lgan chog'i. Huddi “Oq-tepa” bilan o'yindagi xolat bo'ldi deyish mumkin. O'shanda futbolchilarimiz o'z kuchlariga ortiqcha ishonib yuborishgandi. Bu gal ham shunday bo'ldi.

- Jamoa oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritganidan keyin ham, g'alaba uchun mukofot pullari berilmoqdami?
- Ha, albatta. Vazifa bajarilganidan keyin ham har bir g'alaba uchun yigitlarga mukofot pullari beriladi. Jumladan “NBU-Osiyo” bilan o'yindagi muvaffaqiyat uchun ham mukofot bor edi.

- Oldinda yana uchta tur qoldi. Etiborlisi ularning barchasida, “Mashal”ga Toshkent jamoalari raqiblik qiladi...
- Ha, eng yaqin o'yinimiz bu “Istiqlol”ga qarshi bahsdir. Bu jamoa ham uchrashuvga puxta hozirlik ko'rishi aniq. Undan keyin esa o'z maydonimizda “Oq-tepa” va “Paxtakor-2”ni qabul qilamiz. Nima bo'lgan taqdirda ham bu yilgi chempionatni birinchi o'rinda yakunlamoqchimiz.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика