Marat Miftaxuddinov: “Abramov bilan yana birga ishlaymanmi yoki yo'qmi buni vaqt ko'rsatadi”
29 noy 2013 14:59
Yangiliklar

Marat Miftaxuddinov: “Abramov bilan yana birga ishlaymanmi yoki yo'qmi buni vaqt ko'rsatadi”
Malumki, taniqli murabbiy Vadim Abramovning “Astana” klubini qabul qilib olgani o'zbek futboli jamoatchiligida o'ziga xos shov-shuv uyg'otdi.
Milliy terma jamoamizning sobiq ustozi malum muddatlik tanaffusdan so'ng yana murabbiylikka qaytdi.
Vadim Karlenovich qozoq klubiga o'tganidan keyin, uning yangi jamoasida vakillarimiz ham bo'lishi tahmin qilinmoqda. Abramovga qaerda bo'lmasin, murabbiylar shtabida yaqindan yordam berib kelgan Marat Miftaxuddinovning ham hatto muxlislar “Astana”ga “o'tkazib” bo'lishdi.
Bunga oydinlik kiritish maqsadida Marat Valentinovich bilan bog'landik.
- Yaqin do'stingiz bo'lmish, Vadim Abramov kuni-kecha “Astana” klubini qabul qilib oldi...
- Ha, chindan ham Karlenovich kecha Qozog'istonga jo'nab ketgandi va u erda “Astana” klubi rahbarlari bilan uchrashib jamoani qabul qilib oldi.
- Abramovning ushbu jamoaga o'tishi, uning ketidan bir qator hamyurtlarimizning ham yo'l olishiga zamin yaratgandek. Muxlislar orasida shaxsan sizning ham Abramovga yordamchi murabbiy bo'lib o'tayotganingiz to'g'risida gaplar yuribdi. Buni qanday izoxlaysiz?
- Hozircha bu borada aniq bir gap aytishim qiyin. Extimol haqiqatdan ham Qozog'istonda ishlarman. Hammasi Vadim Karlenovichning Toshkentga qaytib kelganidan so'ng oydinlashadi. Odatda yangi murabbiy biror bir klubni qabul qilib olganida, o'zi bilan birga yordamchilarini ham olib boradi. Lekin ayni paytda “Astana”da vaziyat qanday ekanligini bilmayman. Buni avvalo bosh murabbiy hal qiladi.
- Abramov qo'shni yurtda ham hamkorlikni davom ettirish taklifi bilan chiqsa, rad etmasangiz kerak?
- Bu murabbiy bilan uzoq yillar davomida birga ishladik. Qarashlarimiz ham mos. Agar shunday imkoniyat tug'ilsa balki “Astana”ga ketarman... CHunki bu jamoa kelasi yil evropa ligasida ishtirok etadi. Bundan imkoniyat keyinchalik yana bo'ladimi yo'qmi, bilmayman. Yuqorida aytganimdek, hammasi yaqin kunlarda oydinlashadi.
- Lekin “Mashal” klubi rahbarlari ham sizni osonlikcha qo'yib yuborishni istamasligi aniq?
- (Kulib) Ha, to'g'risi Abramovning “Astana”ga o'tganidan xabar topgan klubimiz azolari darxol qo'ng'iroq qilib, xazilomuz tarzda, “bizdan ketmaysizmi, ishqilib” qabilida savollar bilan murojaat qilishdi. “Mashal”da joriy yil yordamchi murabbiy sifatida ishladim. Kelasi mavsum uchun ham bosh murabbiy bilan maslahatlashgan xolda, rejalar ishlab chiqqanmiz.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi

Fikrlar