Marat Bikmaevni tabriklaymiz!
01 jan 2019 18:22
Yangiliklar
Marat Bikmaevni tabriklaymiz!
Bugun, 1 yanvar, O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Lokomotiv" klubi hujumchisi Marat Bikmaevning tug'ilgan kuni.
Futbolchi bugun 33 yoshga qadam qo'ydi. Biz saytimizning barcha xodimlari va muxlislari nomidan Marat Bikmaevni tavallud ayomi bilan tabriklaymiz! Unga barcha ezgu niyatlarimizni tilab qolamiz.
Bikmaevga futbolchilik faoliyatida va oilaviy hayotda doimo omad yor bo'lishini tilaymiz! Osiyo Kubogida barchada ko'ra ko'proq gol urib to'purar bo'lishiga tilakdoshmiz.
Bundan tashqari "Lokomotiv" klubi murabbiyi Sunnat Abdurasulovning ham tavallud ayomi bilan tabriklaymiz.
O’xshash yangiliklar
18:11
Jahon chempionati saralash bosqichi. O'zbekiston - KXDR uchrashuvini Ahmad al Kaf boshqarib boradi 23
Fikrlar