So’nggi yangiliklar

23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   10 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  16 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  3 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  14 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  12 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   13 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   8 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0

Marat Bikmaev yangi o'n yillikning ilk kuni 34 yoshga to'ldi! Yangiliklar

Marat Bikmaev yangi o'n yillikning ilk kuni 34 yoshga to'ldi!

Bugun kurrai zaminimizning etti milliarddan ziyod aholisi yangi 2020 yilni qarshi oldi.

Etiborga molik jihati shundaki, yangi o'n yillikning ilk kunida taniqli futbolchilarimizdan oz emas, ko'p emas, etti nafari o'z tavallud ayyomini nishonlayapti. Ananaga sodiq qolgan holda tug'ilgan kun sohiblarini muborakbod etishda davom etamiz. Ilk tabrigimiz tajribali hujumchi Marat Bikmaevga ataladi. 

Marat Bikmaev - 1986 yilning 1 yanvar kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Futbol muhitida voyaga etgan yosh Marat bolaligidanoq millionlar o'yiniga mehr qo'ydi. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emasdi. Uning otasi Rifkat aka xatto bir marotaba Sobiq Ittifoq terma jamoasi safida maydonga tushishga ham muvaffaq bo'lgan. Lekin jarohat sabab faoliyatini erta yakunlagan. Maratning akasi ham futbol o'ynagan. Ammo, u ham katta futbolda uzoq muddat qolmagan. Bugungi qahramonimiz xuddi akasi singari CHig'atoy futbol maktabida to'p tepishni boshlagan. Braziliyalik Ronaldoga o'xshashni orzu qilgan Marat qisqa fursatda selekcioner murabbiylarni o'ziga jalb eta oldi. Hayotini futbolsiz tasavvur qila olmasligini tushunib etgan yosh Maratni Respublika olimpiya zaxiralari kollejiga o'qishga qabul qilishdi. O'tgan asrning 60-yillarida Titov nomi bilan ochilgan ushbu sport dargohida futbolimizning eng nomdor vakillari tahsil olishgan. Bu baxt Maratga ham kulib boqqan. 

O'sha paytlari barcha yoshlarning orzusi “Paxtakor”da o'ynash edi. Menda ham shunday orzu bo'lgan. 2002 yilda bu orzuim ro'yoga chiqqan. Keyin Dilshod Nuraliev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga taklif etildim. U erda Vitaliy Denisov, Sanjar Tursunov, Sergey Arslonov, Sadriddin Abdullaev singari tengqurlarim bilan birga o'ynadik. “Paxtakor” asosiy tarkibida Tachmurad Agamuradov, yoshlarda Rauf Inileev bosh murabbiy edi. Asosiy tarkibdagi debyut uchrashuvim “So'g'diyona”ga qarshi bo'lib o'tgan. O'shanda jamoamizda Mirjalol Qosimov, Baxtiyor Ashurmatov, Leonid Koshelev singari mahoratli futbolchilar to'p tepishardi. Ular men uchun haqiqiy namuna edilar. Ilk o'yindayoq gol urganman. Buni hech qachon unuta olmayman, - deydi Bikmaev. 

Marat Bikmaev 2003 yili BAA yashil maydonlarida o'tgan yoshlar (U-20) o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan. 17 yoshli Marat O'zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida Argentina (66 daqiqa), Mali (70) va Ispaniya (90) yoshlariga qarshi maydonga tushgan. Kichik mundialdagi o'yinlari sabab uning bir zumda “sovchilari” ko'payib ketgan. 2004 yilda u Samaraning “Krilya Sovetov” klubi bilan shartnoma imzolaydi. 

O'shanda “Paxtakor”da Aleksandr Kleckov ham o'ynardi. Bizning italiyalik agentimiz bor edi. “Krilya Sovetov”dan avval bizni “Inter”ga ko'rikdan o'tish uchun olib borishgan. O'shanda milanliklar safida Ivan Kordoba, Kristian Veri kabi yulduzlar bor edi. Biz ikki oy davomida “Inter” yoshlar jamoasi bilan birga mashg'ulot o'tkazganmiz. Mashg'ulotni yakunlab asosiy tarkib mashg'ulotlarini tomosha qilardik. Ikki oydan so'ng Kleckov Toshkentga qaytdi, men esa Samaraga ketdim. Yig'indan so'ng shartnoma tuzdim va Rossiyadagi faoliyatim boshlandi, - deya so'zini davom ettirdi bugungi qahramonimiz. 

Marat Bikmaev “Krilya Sovetov”dan so'ng Qozonning “Rubin”, Nalchikning “Spartak”, Vladikavkazning “Alaniya” klublari sharafini himoya qildi. Xatto Evrokuboklarda ham maydonga tushdi. SHundan so'ng Qozog'istonning “Aktobe”siga ko'chib o'tdi va 2013 yilda chempionga aylandi.   

Umuman olganda, Marat Bikmaev etti karra O'zbekiston chempioni, uch marta mamlakat kubogi, shuningdek, Superkubok hamda Liga kubogi sohibi hisoblanadi. “Aktobe” tarkibida chempionlikdan tashqari bronza medallariga ham ega chiqqan. O'tgan yili u “Paxtakor” bilan barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi. 2019 yilning so'nggi kuni esa yana “Lokomotiv” klubiga qaytdi va yangi mavsumda “temiryo'lchilar”ga yordam beradi. 

Fursatdan foydalanib, saytmiz ijodiy xodimlari hamda o'quvchilari va albatta muxlislari nomidan yangi o'n yillikning ilk kunida o'z tavallud ayyomini nishonlayotgan Marat Bikmaevni bugungi unutilmas sana va qo'shaloq bayram bilan muborakbod etamiz. O'ylagan barcha orzulari ro'yobga chiqsin!

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика