Marat Bikmaev: "Hozircha individual tarzda shug'ullanyapman"
24 iyu 2014 14:20
Yangiliklar
Marat Bikmaev: "Hozircha individual tarzda shug'ullanyapman"
Jarohat tufayli maydon tashqarisiga chiqib qolgan Marat Bikmaev boshidan qiyin kunlarni o'tkazdi.
O'z vaqtida muxlislar va mutaxassislar tomonidan kelajagi porloq o'yinchi sifatida etirof etilgan Bikmaev oyog'ining tizza qismidan olgan jarohat sabab bir necha operaciyalarni o'tkazishgi majbur bo'ldi. Oxirgi marta u Germaniyaga borib, malakali shifokorlarga ko'rindi va o'sha erning o'zida operaciya stoliga yotdi. Undan xol ahvol so'rab, bog'langanimizga quyidagilarni takidladi.
- Avvalo etibor uchun tashakkur. Xudoga shukur qiyinchiliklar ortda qoldi. Operaciyadan so'ng sekin-asta o'zimni tiklab bormoqdaman. Ayni damda jamoam "Lokomotiv" bilan Avstriya yig'inidaman. Bu erda hozir bir o'zim maxsus dastur asosida individual tarzda shug'ullanmoqdaman. Umumiy guruhga qo'shilishimga yana bir oy vaqt kerak bo'ladi. Nasib qilsa yana avvalgi sport formamni tiklab, bildirilgan ishonchni oqlayman degan umiddaman, - deydi Bikmaev.

Fikrlar