Marat Bikmaev futbolchilik faoliyatini tugatmoqda
14 okt 2023 11:39
Yangiliklar
"Har bir narsaning boshi bo'lgani kabi oxiri ham bor. Futbolchi faoliyati ham shunday. Bu - hayot qonuni.
20 yildan ziyod professional futbol mevasini totgan mohir hujumchi Marat Bikmaev futbol bilan xayrlashmoqda.
Ertaga, 15 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan "Lokomotiv" - "Yunired" bahsi Bikmaev uchun katta futboldagi oxirgi rasmiy o'yin bo'ladi.
Bu o'yin yubiley sifatida tarixga kiradi. Negaki Marat ertaga "Loko" safida 200-uchrashuvini o'tkazadi.
Barcha futbol ishqibozlarini mavsumning yopilish o'yini, shu bilan birga Marat Bikmaevning xayrlashuv uchrashuviga taklif etamiz", – deyiladi "temiryo'lchilar" rasmiy sahifasida.
Fikrlar