Marat Bikmaev: "Bu yutuqda jamoadoshlarimning hissasi katta bo'ldi"

Aziz Tukhtamuradov
15 dek 2017, 08:08
O'zbekiston terma jamoasi va "Lokomotiv" jamoasi hujumchisi Marat Bikmaev O'zbekistonda "Yilning eng yaxshi futbolchisi" deb topilganidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"To'g'risini aytsam kutmagandim. Xudoga shukr mana shunday mukofotni qo'lga kiritdim. Buning uchun harakat qildim, jamoadoshlarimning yordami ham katta bo'ldi. Rahbariyatimiz, oila a'zolarim, farzandlarimning yutug'i bu. Buning uchun minnatdorchilik bildiraman. Haqli ravishda g'olib bo'ldim deb o'ylayman.

To'purarlik? Mavsum oldidan nechta gol kiritishim haqida o'ylamagandim. Men hujumchiman va albatta maydonga gol kiritish uchun chiqaman.

2018 yilda "Lokomotiv"da ajoyib imkoniyatlar bor. Umid qilamanki, yangi yil ham shunisi kabi muvaffaqiyatli o'tadi.

Yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklayman. Barchaga sihat-salomatlik tilayman", - dedi Marat Bikmaev.


Aziz To'xtamurodov yozib oldi



O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia