So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  14 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  1 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  10 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  7 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Marat Bikmaev 10 yillik tanaffusdan so'ng nihoyat oliy ligada yana gol urdi Yangiliklar

Marat Bikmaev 10 yillik tanaffusdan so'ng nihoyat oliy ligada yana gol urdi

Ushbu futbolchini muxlislarga ortiqcha tanishtirib o'tishning xojati bo'lmasa kerak.
Bikmaev ayniqsa “Paxtakor”dagi sermahsulligi bilan ishqibozlarning etiboriga tushgan. “SHerlar” safida mazmunli o'yini bilan xorijlik skautlar etiborini tortgan futbolchi keyinchalik o'zini chet el klublarida sinab ko'rishga qaror qildi. Dastlab Samaraning “Krilya Sovetov” klubiga borib qo'shilgan Marat keyinchalik Rossiyaning bir nechta jamoalarida faoliyat yuritdi. Bikmaev hattoki Qozog'iston chempionatida ham o'zini sinab ko'rdi.

“Aktobe”da malum muddat o'ynab keyinchalik og'ir jarohat sabab Toshkentga qaytishga qaror qilgan futbolchini oxirgi yillarda jarohatlar qiynab yubordi.

SHunga qaramay Toshkentning “Lokomotiv” klubi mutasaddilari Maratga katta ishonch bildirgan xolda, unga sog'ayib ketishi uchun barcha yordamlarni ayamadi. Futbolchi ham o'z navbatida bunga munosib ravishda javob berishga intilmoqda. Uning o'zi bilan o'zaro suhbalashganimizda bu borada har gal takidlaydi.

“Temiryo'lchilar” ustozi Vadim Abramov endi-endi formaga kirib borayotgan futbolchini oxirgi daqiqalarda tushirib imkoniyat bermoqda. Kecha oliy liganing 22-turidan o'rin olgan “Lokomotiv” – “Mashal” bahsida ham Marat zaxiradan maydonga tushdi. 88-daqiqada Alisher SHog'ulomov o'rnini egallagan Bikmaev oradan ikki daqiqa o'tar o'tmas, jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.

Aytish lozimki, Marat Bikmaev 10 yillik tanaffusdan so'ng nihoyat oliy ligada yana gol urdi. Faktlar shuni ko'rsatyaptiki, Bikmaev bungacha so'nggi bor, 2004 yilgi mavsumda gol urgan ekan.  

Etiborlisi “Surxon”ga qarshi kechgan bahsda ham hujumchi zaxiradan tushiboq gol urgandi!   

06.03.2004. 11- tur.
“Surxon” – “Paxtakor” - 1:2 (0:1).
Termiz. “Alpomish” stadioni. 10000 tomoshabin.
Hakam: Nizomov G'ofur - 8.5
Gollar:

0:1 - Tojiev Zayniddin, 5.
0:2 - Bikmaev Marat, 76.
1:2 - Bozorov Alisher, 83.
Amalga oshirilmagan penalti: Akbarov Yodgor (“Surxon”), 8 (darvozabon).

“Surxon”: Naumov Mixail, Millyaev Aleksandr (SHomuradov Ilhom, 80), Hoshimov Akmal, Omonmurodov G'ayrat; Namozov Baxtier, Hasanov Fazliddin, Bozorov Alisher, Kolpakov Valentin, Annamatov Bahodir, Akbarov Yodgor, Xolmamatov Oybek (Kattaev Isroil, 40).
“Paxtakor”: Nesterov Ignatiy, Ashurmatov Baxtiyor, Alikulov Asror, Ponomaryov Vyacheslav, Suyunov Ilhom, Kapadze Timur, Inomov Islom (Nikolaev Aleksey, 55), Koshelev Leonid, Magdeev Ildar, Tojiev Zayniddin (Bikmaev Marat, 75), Vahobov Bahritdin (Soliev Anvar, 46).
Ogohlantirishlar: Nesterov Ignatiy, 8, Omonmurodov G'ayrat, 85.


Islombek Rustambekov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика