So’nggi yangiliklar

20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  10 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" 1:1 (матнли трансляция)  2 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1

Marat Auezniyozov: “Xet-trik qayd etishimni kutmagandim” Yangiliklar

Marat Auezniyozov: “Xet-trik qayd etishimni kutmagandim”

Xabaringiz bo'lsa kerak, o'tgan haftada birinchi liga o'yinlari start oldi. Nukusning “Orol” jamoasi o'z maydonida “Alanga”ni qabul qilib yirik 9:0 (!) hisobida zafar quchdi.
Mazkur uchrashuvda mezbonlarning mahoratli o'yinchilaridan biri Marat Auezniyozov xet-trik qayd etib, g'alabaga salmoqli hissa qo'shdi. SHu munosabat bilan 30 yoshli futbolchidan intervyu oldik.

- Marat, avvalo jamoangizning mavsumda omadli star olgani bilan tabriklaymiz. Faqat ochig'ini ayting, yirik hisobda g'alaba qozonishinglarni kutmagan bo'lsangiz kerak?
- CHempionatning ilk uchrashuvi doimo qiyin kechadi. Ayniqsa o'z maydoningda o'ynasang. CHunki ishqibozlarni faqat g'alaba qoniqtiradi. Albatta “Alanga” bilan o'yinda ham oson bo'lmasligini kutgandik. Ammo tezkor gol yakunda yirik hisobda g'alaba qozonishimizni taminladi. Boshlanishi ajoyib bo'ldi. Bundan juda xursandmiz.

- “Orol” shu kuni eng yaxshi o'yinini ko'rsatdimi yoki “Alanga” kuchsizroq ko'rindimi?

- Kosonliklar ham yaxshi o'ynadi. “Orol”ni esa eng yaxshi o'yinini ko'rsatdi deb bo'lmaydi. O'ylaymanki eng yaxshi o'yinlarimiz hali oldinda. CHempionat endigina boshlandi va yigitlar yanada o'sishga erishadi.

- Uchrashuvda xet-trik qayd etdingiz. Himoyachi sifatida bunga qanday erishdingiz?

- Standart vaziyatlar bo'lganida imkon qadar unda ishtirok etishga urinaman. “Alanga” darvozasiga ham ikkita golni aynan burchak to'pi amalga oshirilganidan keyin urdim. Keyin bitta penaltini ham jamoadoshlarimga iltimos qilib o'zim tepishimni aytdim. SHu tariqa bahsda 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldim. Ochig'ini aytganda, uchta gol uraman deb o'ylamagandim.

- Keyingi o'yinlarda ham agarda penalti yuz bersa, uni bajarishga tayyormisiz?
- “Orol”ning “shtatniy” penaltichisiman deya olmayman. Lekin kelgusida shunday imkoniyat yana tug'ilsa, undan aniq foydalanishga xarakat qilaman. Umuman olganda jamoamizda penalti tepadigan alohida bir futbolchi yo'q. Bu ko'proq o'sha o'yindagi xolatga va futbolchilarning ishonchiga qarab aniqlanadi.

- Bu yilgi chempionatdan nimalarni kutyapsiz?
- Har bir bahsda muxlislarimizni quvontirishni istardim. Tan olish kerak, bugungi xolatimiz bilan buni uddalash qiyin. Menimcha joriy mavsum ham qiziqarli o'tadi. Har xolda shunga umid bor.

- Sizningcha oliy ligaga chiqish uchun kurash qaysi jamoalar o'rtasida kechadi?

- “Obod” bu borada asosiy davogar bo'la oladi. Unga “Oq-tepa” raqobatchilik qilishi mumkin. Qolgan jamoalar haqida esa aniq bir nima deya olmayman.

- Qoraqalpoq axli ham “Orol”ni oliy ligaga chiqishni intiqlik bilan kutmoqda. Bu kunlar kelishiga oz qoldi deya olasizmi?
- Buni mendan ko'ra mutasaddi rahbarlar aniqroq biladi. Biz futbolchilar esa imkoniyatdan unumli foyalanib qolishga intilamiz.

- Jamoada rahbariyat tomonidan qay darajada etibor bo'lmoqda?
- Bu borada fikrlarim to'lqonli ijobiy deya olmayman. Ammo yaxshilikka umid bor.

- “Orol”ning tarkibiga etibor qaratsak, asosan mahalliy futbolchilardan iborat ekanligini ko'ramiz.
- Ha, shunday. Bizda asosiy etibor ko'proq mahalliy o'yinchilarni o'stirishga va iqtidorlarni yuzaga chiqarishga qaratiladi. Ishonasizmi Nukusda iqtidorli futbolchilar ko'p. Ularga kerakli sharoitlarni yaratib berishsa o'ylaymanki yoshlar o'zlarini ko'rsatadi.

- Klubda yaratilgan sharoitlar qay darajada?
- Yomon emas. Bizda futbolchilar o'yidan qatnaydi. Mashg'ulot tugagach, hamma o'yiga ketadi. Ilgari o'yinlardan oldin futbolchilarni alohida bitta qarorgohga yig'ib, ovqatlanish va uchrashuvga tayyorgarlik bo'lardi. Balki kelajakda shundan ham yaxshi bo'lar.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика