Maradona “Napoli” – “Barsa” bahsida qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi

Eldor Akmurzayev
25 fev 2020, 20:30
Argentinalik afsona Diego Maradona YCHLning 1/8 finali doirasida bugun tunda o'tkaziladigan “Napoli” hamda “Barselona” bellashuvida qaysi jamoaga ishqobizlik qilmoqchiligini oshkor qildi.

Maradona ikkala klub safida ham o'ynagan. 

“Hammasi ravshan, yuragim “Napoli” va neapolliklar bilan bo'ladi. Ayniqsa, bu kabi qiyin qarama-qarshilikda”, – deya qayd etgan Diego.

Eslatib o'tamiz, bugungi bahs Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Il Mattino