Maradona: "Mourinyu dunyoning eng yaxshi murabbiyi"

Aslanov Jasurbek
14 noya 2018, 13:28
Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi, ayni damda Meksikaning "Dorados" klubini boshqarayotgan Diego Maradona "Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinyudan ish o'rganmoqchi ekanligini aytdi.

"Ispaniyada murabbiylik qilishni istayman, ammo buning uchun uzoq muddatli loyiha kerak. Bundan tashqari Manchesterga yo'l olib, Mourinyudan dars olishim kerak. Nega Joze? Chunki u dunyodagi eng kuchli murabbiy" - deydi Maradona.

Mourinyu qo'l ostidagi MYU joriy mavsum APL turnir jadvalida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca