Maradona: "Argentina Mundial chempioni bo'lmasa, bunda Messini ayblamaymiz"
03 jan 2014 11:53
Yangiliklar


Maradona: "Argentina Mundial chempioni bo'lmasa, bunda Messini ayblamaymiz"
Argentinalik afsonaviy futbolchi Diego Maradonaning fikricha agar mamlakat terma jamoasi yozda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida g'olib bo'la olmasa, buning uchun javobgarlik birgina Messiga yuklanishi kerak emas.
"Men Argentina terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlarni uni boshqarmayotgan paytimdan beri ko'may qo'yganman. Jahon chempionati haqida faqat bir narsani aytishim mumkin. U ham bo'lsa, agar Mundial g'olibi bo'la olmasak unda faqatgina Messini ayblab bo'lmaydi. SHunday bo'lsada, Messi jahon chempionatida yaxshi o'yin ko'rsatishiga ishonchim komil", dedi Maradona.

Fikrlar