So’nggi yangiliklar

03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   0 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  4 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  31 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  4 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  5 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2

Maqola. Edgar Gessning ikki "yuzi" Yangiliklar

Maqola. Edgar Gessning ikki "yuzi"

Taniqli murabbiy Edgar Gess yana "SHo'rtan"ga qaytdi. U kechadan o'zining yangi-eski jamoasida rasman ish boshladi.

SHunday qilib, murabbiy uchinchi marta "SHo'rtan"ga qaytdi va ikkinchi davradagi natijalarga endi u javobgar bo'ladi. Gessning "SHo'rtan"dagi avvalgi faoliyatidan ikki xil taassurot qolgan: ijobiy va salbiy. 

Ijobiy tomoni shundaki, "SHo'rtan" o'z tarixida hozircha yagona bo'lib turgan O'zbekiston Kubogi finaliga aynan Gess boshqargan payt chiqqan (2010 yil). To'g'ri, Kubokni qo'lga kirita olmagan, lekin yarim finalda "Paxtakor"ni dog'da qoldirgani ko'plab shov-shuvlarga sabab bo'lgandi. Bundan tashqari, "SHo'rtan" aynan Edgar Gess boshqargan mahal 2011 yil OFK Kubogida ishtirok etib, o'z ishtirokini 1/8 finalda to'xtatgan. Qolaversa, 2010 yilgi chempionatda "SHo'rtan"ning oliy ligada to'rtinchi o'rinni olishi ham bevosita Edgar Yakovlevich bilan bog'liq. 


Albatta, bu natijalar o'z-o'zidan bo'lib qolgani yo'q. Bunda birinchi navbatda o'sha paytdagi rahbarlarning klubga nisbatan befarqmasligi hamda bosh murabbiy bilan kelishib ishlashlari sabab bo'lgan. Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham borki, "SHo'rtan" Edgar Gess qo'l ostida doim ham muvaffaqiyatli o'yin namoyish etmagan. Masalan, 2013 yilgi mavsumni olaylik. Oliy ligada 26ta o'yin o'tkazgan "SHo'rtan" shundan atigi to'rttasida g'alaba qozonib, mavsum davomida 17 ochko jamg'aradi va turnir jadvalida oxirgi o'rinni egallab oliy ligadan tushib ketadi. 

To'g'ri, o'sha yillari "SHo'rtan"ning moliyaviy holatiga havas qilib bo'lmasdi. Natijada klub transfer siyosatini faol yurita olmaydi, jamoa safi o'rtamiyona futbolchilar bilan to'ldiriladi. Lekin selekciya ishlari baribir Gess boshchiligida olib boriladi. Murabbiy har qanday holatda ham natija uchun kurashishi kerak. CHempionat boshlanganidan so'ng jamoa ketma-ket uchta o'yinda mag'lub bo'ladi. G'uzorliklar uyda "So'g'diyona" va "Qizilqum"ni mag'lub etishadi-yu, biroq "Paxtakor", "Buxoro" va "Neftchi"ga yutqazib qo'yishadi. Mag'lubiyatlar ikkinchi davrada ham davom etib, natijada jamoa o'sha yili oxirgi o'rinni egallaydi va birinchi ligaga ravona bo'ladi. 


Mana shunday pallada Edgar Gess ham hech narsa qila olmaydi. Murabbiy birinchi davra tugamay istefoga chiqariladi va uning o'rniga Zoir To'raqulov vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlanadi. Edgar Gess qaysi klubda ishlamasin, agar ishlar orqaga ketsa doim ikkita gapni gapirib kelgan. Birinchisi, klubda pul yo'q. Ikkinchisi, bu futbolchilarni men olib kelmaganman. Biz bu gaplarni faqat "SHo'rtan"da emas, balki murabbiy "Dinamo" yoki "Andijon"da ishlab yurgan chog'larida ham eshitganmiz. Xullas dehqonlar tili bilan aytganda, hosil zo'r bo'lsa erni chuqurroq haydagan, aksi bo'lsa ob-havo noqulay kelgan bo'lib chiqadi. 

Edgar Gessning "SHo'rtan"ga navbatdagi marta qaytishi qanday syurprizlarni taqdim etadi-yu, g'uzorliklar uning qo'l ostida qanaqa natija ko'rsatishadi, buni albatta vaqti kelib bilib olamiz. 

X.Xoliqov. 


Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика