So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Manuel Yancer: "O'zbekiston terma jamoasidan taklif bo'lsa bajonidil o'ynardim" Yangiliklar

Manuel Yancer: "O'zbekiston terma jamoasidan taklif bo'lsa bajonidil o'ynardim"

Kelib chiqishi o'zbekistonlik bo'lgan Manuel Yancer haqida eshitganmisiz?

Yancerning otasi tomondan qarindoshlari O'zbekistonda tug'ilgan. Ayni paytda futbolchi Germaniya uchinchi Bundesligasida Braunshveygning "Ayntraxt" klubida to'p tepmoqda. championat.asia saytining Germaniyadagi muxbiri Miron Goyxmann Yancer bilan intervyu tashkil qildi.

- Manuel, O'zbekistonda sizni "o'zimizdan" deb aytishadi. Bu mamlakat haqida qanday fikrdasiz?

- U erda men haqimda bilishlaridan xursandman. Ota-onam Germaniyaga O'zbekistondan ko'chib kelishgan, bu ularning Vatani, O'zbekistonda katta akam tug'ilgan. O'zim Germaniyada tug'ilgan bo'lsam ham, O'zbekiston men uchun qadrli yurt. Ota-onam yashashgan CHirchiq yaqini haqida ko'p gapirib berishardi. U erda faqat bir marta bo'lganman. Ammo o'shanda ancha yosh edim va ko'p narsani eslay olmayman. O'zbekistonga yana borishni orzu qilaman.

- Siz fuqarolik olib, O'zbekiston terma jamoasida o'ynashingiz ham mumkin.

- Balki. So'nggi paytlarda jarohatlar girdobida qolib ketdim va o'zim istagandek o'ynay olmayapman. Ammo hozir to'liq tayyor bo'ldim. Sog'ligim bilan muammo bo'lmasa va O'zbekiston terma jamoasi murabbiylari meni chaqirishsa, albatta xursandchilik bilan o'ynardim.



- Demak, O'zbekiston terma jamoasini kuzatib borayapsizmi?

- Ayni paytda jamoani mashhur Ekton Kuper boshqarayotganini bilaman. Osiyo Kubogidagi bir nechta o'yinlarni tomosha qildim. Ammo terma jamoa azolari Evropada deyarli o'ynashmaydi va ularni u qadar yaxshi bilmayman.

- "SHtutgart" klubi tarbiyalanuvchisiz va o'z paytida Germaniya o'smirlar terma jamoasida o'ynagansiz...

- Ha, bu to'g'ri. "Oberkoxen" bolalar futbol maktabiga borganman. U erda meni "SHtutgart" murabbiylari chaqirishgan. Germaniya U-17 terma jamoasi safida Evropa chempioni bo'lganman. Keyinchalik Germaniya milliy terma jamoasida o'ynab ketishimga jarohatlar xalal bergan. SHu kunga qadar "SHtutgart-2", "Xeydenxaym", "Xolsten Kil" klublarida o'ynadim. Bu mavsum Braunshveygning "Ayntraxt" klubiga ko'chib o'tdim. Hozir bu klub uchinchi Bundesligada o'ynayapti. Qishki transfer oynasi vaqtida jamoa ancha kuchayib oldi. Men faqat zaxiradan maydonga tushayotgandim, faqat so'nggi turda asosiy tarkibda o'ynadim.



- Siz juda ham kulguli video "qahramoni"ga aylandingiz...

- Ha, kutilmagan holat bo'ldi. O'zim 100 foizli imkoniyatdan foydalana olmadim, keyin sherigim tepgan to'p menga tegib maydonni tark etdi. Ammo muhimi o'sha bahsda ochko qo'lga kiritdik. Gollarni esa hali ko'p uraman.



 



- Sababi hujumkor o'ynchisiz...

- Ha, odatda chap qanot yarim himoyasida o'ynayman, bazida hujumda. SHunday ekan raqib darvozasi oldida hujum tashkil etish va gol urish mening asosiy vazifam.


Miron Goyxman suhbatlashdi

Reyting: +116   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика