Manuel SHvenk Yancer jamoasi bilan Ikkinchi Bundesligaga chiqdi
03 iyu 2020 12:23
Yangiliklar


Manuel SHvenk Yancer jamoasi bilan Ikkinchi Bundesligaga chiqdi
Kelib chiqishi O'zbekistonga borib taqaladigan Manuel SHvenk o'ynayotgan Braunshveygning "Ayntraxt" klubi Ikkinchi Bundesligaga chiqdi.
Kecha "Ayntraxt" muhim o'yinda "Valdxof"ni 3:2 hisobida taslim qildi. SHvenk jamoasining ikkinchi golini urishga erishdi. Turning boshqa o'yinlarida qayd etilgan natijaga ko'ra "Ayntraxt" muddatidan avval 2-Bundesligaga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
"Bunday mavsum hayotimda hali bo'lmagandi. Bunga erisha olishimizga hech kim ishonmagandi. Biz esa maksimumga ega bo'ldik" - deydi o'yindan so'ng "Ayntraxt" ustozi Marko Antverpen.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar