Manuel Pellegrini: Yutqazaversak, peshqadamlikni qaytarib ololmaymiz
02 mar 2015 01:31
Yangiliklar
Manuel Pellegrini: Yutqazaversak, peshqadamlikni qaytarib ololmaymiz
Manchester Siti bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Liverpul (1:2) bilan bo'lib o'tgan bellashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
O'yin teng kechdi. Lekin "Liverpul" yakunda g'alaba qozondi va ikkita chiroyli gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Birinchi taymda ko'p marotaba raqibga to'pni oldirib qo'ydik. Ayniqsa dastlabki 15 daqiqalikda bu xatoni ko'p takrorladik. Ikkinchi bo'limda esa raqib darvozasi oldida xavf sololmadik. CHunki o'yin uslubimizni o'zgartirishga qaror qilgandik.
Bunaqangi o'yinlarda ikkita hujumchi bilan harakat qilish eng yaxshi variant edi. Endi ushbu bahsni muhokama qilib chiqamiz.
Qimmatli uch ochkoni boy berdik. Yutqazaversak, peshqadamlikni qaytarib ololmaymiz. CHempionlik uchun so'nggi imkoniyatgacha kurashmog'imiz lozim. Avvalo esa o'z o'yinimizni qaytarib olishimiz talab etiladi.

Fikrlar