Manuel Pellegrini: “CHelsi”ga qarshi o'yin hal qiluvchi bo'lmadi”
04 fev 2014 10:35
Yangiliklar


Manuel Pellegrini: “CHelsi”ga qarshi o'yin hal qiluvchi bo'lmadi”
“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini “CHelsi”ga qarshi o'yinni izohlab o'tdi (0:1).
- Biz bir qancha golga tortadigan vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Biroq raqibimiz ham bir necha marotaba imkoniyatni qo'ldan boy berdi, ularning zarbalari darvoza to'siniga tegdi. Bu o'yinda bizda nafaqat Aguero va Fernandino, balki Nasri bilan Xavi Garsiya ham etishmadi. Ushbu bahs “Manchester Siti” uchun ham “CHelsi” uchun ham hal qiluvchi o'yin emas. Etakchilar musobaqa jadvalida ketma-ket borishayapti. Jamoani oldinda hali ko'plab o'yinlar kutib turibdi, - Pellegrinining so'zlarini keltiradi Manchester Evening News.

Fikrlar