Manuel Pellegrini: "Bugun "Stok Siti" bilan o'ynagandek bo'ldik"
22 sen 2014 00:26
Yangiliklar
Manuel Pellegrini: "Bugun "Stok Siti" bilan o'ynagandek bo'ldik"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini "CHelsi" bilan o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Biz o'zimiz xohlagan va loyiq bo'lgan natijaga erisha olmadik. O'yin "Stok Siti" bilan bo'lgan bahsga juda o'xshashib ketdi. O'nta futbolchi himoyaga yotib oldi. "CHelsi" qarshi hujumda o'ynadi va gol urdi. Kiritilgan goldan keyin ham raqib himoyadan tashqariga chiqmadi. Yakuniy natija jamoalar o'yinda nima bilan mashg'ul bo'lganliklarini ko'rsatib berolmaydi. Jamoa ko'rsatgan o'yinidan ko'nglim to'ldi. Biz chetlatilishdan keyin ham hujum qilishda davom etdik. Himoyaga yotib olib, qarshi hujumda harakat qilmadik. Men jamoamning mentalitetidan xursandman. Katta jamoalardek o'ynash muhim. Kichik jamoalar kabi himoyaga yotib olishdan ko'ra shunisi afzalroq.
Lempard gol urishiga ishondim. Bunaqa narsalar futbolda ko'p uchrab turadi. Frenk Lempard biz uchun muhim futbolchi. U jamoaga kelib qo'shilgan kunidan boshlab o'zini 100 foiz mashg'ulotlarda ko'rsatmoqda va jamoa uchun jon kuydirmoqda. O'ylashimcha, Lempard o'zining qadrdon jamoasiga gol urganidan juda ham xursand emas. Lekin u juda katta professional.

Fikrlar