So’nggi yangiliklar

01:05ОФК Элит Чемпионлар лигаси. Машарипов жамоаси йирик ғалабага эришди, Остон Ўруновники эса меҳмонда мағлуб бўлди  4 00:56Эртага янги форматдаги УЕФА Чемпионлар лигасини ZO'R TVда кўрамиз  0 00:33"Бавария" Октоберфест шарафига тайёрланган формасини кўрсатди  1 00:12"Унион"нинг 19 ёшли дарвозабони Арсланнинг оёғини кесиб ташлашди  0 23:15Ироққа Роналдусиз борган "Ал Насср" Элит Чемпионлар лигасини дуранг билан бошлади, ОЧЛ ғолиби қатарликлар билан муроса кўчасини танлади  5 22:57Февзи Давлетов: “Дуранг натижага мос ўйин эди”  1 22:54Миржалол Қосимов: “Насаф” билан 6 очколик ўйин бўлади”  6 22:45"Реал"нинг 18 ёшли юлдузи 21 ёшли моделга уйланди  10 22:28Тебас: "Агар "Манчестер Сити" жазоланмаса, АПЛ обрўсига зарар етади"  7 21:45Футзал бўйича ЖЧ. Франция иродали ғалабага эришди  0 21:29Суперлига. ОКМК бир киши кам бўлиб қолган "Сурхон" устидан қийин ғалабага эришди  41 21:20Футзал бўйича ЖЧ. Тожикистон терма жамоаси дастлабки турда Марокашга мағлуб бўлди  3 21:00Футзал бўйича ЖЧ 1-тур. Португалия нафақат турнинг, балки мусобақанинг энг чиройли голини урди  2 20:00"Арал" Про лиганинг 1 та учрашувини тест тариқасида янги стадионда ўтказади  0 19:43"Ал Васл" устози: "Пахтакор" жорий мавсум кўп гол урмаган бўлса ҳам, кам гол ўтказган, яъни жамоа ўйинида тартиб бор"   3

Manuel Noyer: “Faoliyatimni tugatish haqida o'ylashga sabab yo'q” Yangiliklar

Manuel Noyer: “Faoliyatimni tugatish haqida o'ylashga sabab yo'q”

30 yoshga to'lgan kuni arafasida terma jamoa safida Angliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida nishonlagan Noyer o'sha kuni jamoasi bilan mag'lubiyatga uchradi.

Lekin o'rtoqlik bellashuvlaridagi bunday holatga katta etibor qaratish yaramaydi. Germaniya futbol ittifoqi rasmiy saytiga bergan intervyusida Noyer maqsadlari, yoshi va boshqa jihatlar xususida to'xtaldi.

- Tug'ilgan kuningiz bilan, janob Noyer! 30 yoshga to'lishingizni sovrinlar soniga tenglashtirish mumkin. Bu kun siz uchun qanchalik muhim?
- Tabrik uchun rahmat. Men bunday omadli ekanimga ishona olmayman. Tug'ilgan kunimni har yili nishonlaydiganlardan emasman. Bu hayotimizning bir qismi, ammo uni intiqish bilan kutmayman. Bazida do'stlarim va yaqinlarim qandaydir jiddiy nishonlashimni kutishadi. Ehtimol, bu yil yubiley yoshimda ular shuni kutgan bo'lishlari mumkin.

- Sizni sovg'a bilan hayratda qoldirish qanchalik qiyin?
- Unchalik qiyin emas, ko'p narsalardan xursand bo'laman. Har safar. Lekin yaqinlarimdan hamisha menga biror narsa tanlash qiyinligini eshitaman. SHunday aytishadi: “Siz futbolchilar shunday yigitsizki, biror narsani topish qiyin – chunki hamma narsaga egasiz”.

- Bu to'g'ri emasmi?
- Bundan fojia yasamayman, chunki eng ajoyib sovg'alar yurakdan berilgan narsalardir. Ehtimol, bazida buni o'ylab boshni yorishga to'g'ri kelar, lekin yaqinlarim shunga arzishimni bilishadi.

- Sizni juda xursand qilgan sovg'ani misol keltira olasizmi?
- Syurprizlarni yoqtiraman. Ikki yilcha oldin do'stlarim bilan vino tatib ko'rishga bormoqchi edim. U erda meni 30 kishi kutib olib, haqiqiy kecha tashkil qilishgandi.

- 30 yoshga to'ldingiz. Yoshingiz ichki hislar bilan to'g'ri keladimi?
- Ular o'zlarini qanday his qiladi? O'ylashimcha, bu yoshlik davri xarakteri va tajriba orqali hayotda muvaffaqiyatga erishishga yordam bergan narsalar qorishmasi. Bu menga yoqadi. Yoshni juda muhim deb hisoblamayman. Bazi 50 yoshli insonlar bor, ular o'zlarini bolalardek tutishadi. Futbol taraflama 30 yoshim katta ahamiyat kasb etmaydi. O'zimni yaxshi holatda deb his qilyapman. Bilaman, organizm haqida o'ylashning vaqti, ammo 30 yosh faoliyatingni tugatish to'g'risida o'ylashga sabab emas.

- Bir qator tajribali darvozabon bor.
- Ha, bunga Yens Lemann, Edvin van der Sar yoki Jiji Buffonning faoliyati yo'li misol bo'ladi. Albatta, hech kim sizga kafolat bermaydi. Darvozabonlarga maydondagi o'yinchilarga nisbatan ko'proq o'ynashiga imkon beradigan qoida yo'q. Avval posbonlar yosh paytida yaxshi o'ynamay, keyin o'zlarini ko'rsatishardi. Hozir hammasi o'zgargan. Hozir darvozabonlar yoshligidan o'zini namoyish etishi kerak va bu organizmga qo'shimcha yuklama tushiradi.

- Buffon 38 yoshda va u 2018 yilgi mundialda o'ynashni istamoqda. Nima deb o'ylaysiz, siz navbatdagi 10 yilda o'ynashda davom etasizmi?
- Futbol o'ynashni yoqtiraman, har kuni. Men mashqlarim, o'yinlar va o'zimga sinovni yoqtiraman. Jarayonni to'xtatish uchun sabab ko'rmayapman. Bu menga oldingidek huzur bag'ishlamoqda.

- Zavq olish o'zingizni qanday ko'rsatishingizga bog'liqmi?
- Men maqsadlar sari intiluvchanman. Tez-tez o'zimdan ko'nglim to'lmaydi. Bu yaxshi, shu yo'l bilan o'sib boraman. Bazan o'zimdan jahlim chiqqanda bu huzur olishga sabab bo'lmaydi. Ushbu sport turini juda yaxshi ko'raman. Eng qo'rqinchli tushimda ham sevgi tugashini tasavvur qilolmaymman. Terma jamoada o'ynashni davom ettirar ekanman, faoliyatimni tugatish haqida o'ylarim yo'q. Biror jahon chempionatida o'ynab, keyin ketaman degan maqsad mavjud emas. Barchasi vaqt o'tishi bilan kelsin.

- Malum payt o'ynagach, keyin nima qilishni o'ylab ko'rish kerak bo'ladi.
- Hozir aniq o'y yo'q. Bosh murabbiy yoki qandaydir tayyorgarlik bo'yicha mutaxassis – meni qiziqtiradigan ishlar ko'p. Hamisha seni ilhomlantiradigan va o'zingga chaqiriq tashlashga majbur qiladigan ishni topish juda muhim. SHunchaki tinch hayotga yo'l olish men uchun emas. Butsalarimni mixga ilganimda ham shunday bo'lib qolaman.

- Bunda futboldan tashqari biror narsaga harakat qilishingiz kerak, chunki futbolda siz uchun barcha eshiklar ochiq.
- Ehtimol. Lekin bu barchasi shunchaki oson bo'lishini anglatmaydi. Hali tanlov qilmaganim sababli biror narsa deyishim qiyin.

- Faoliyatingizda deyarli hamma narsani yutdingiz: CHempionlar ligasi, bundesliga, kuboklar, Braziliyadagi turnirni ham. Yana band qilish kerak bo'lgan sovrin bormi?
- Dastlab Evropa chempionatini yutishni xohlardim. Futbolimizning hozirgi avlodini bir narsa jipslashtiradi: bizga hamisha kam. Biz juda ishtiyoqli yigitlarmiz va bu sovrinlarni qo'lga kiritish bilan hech qaerga yo'qolmaydi. Har yili Germaniya chempioni bo'lishni istayman va ilk bor chempion bo'lganimdan beri bu xohish g'oyib bo'lmadi. Terma jamoa borasida ham shunday deya olaman. 2012 yil zafar quchgan bo'lganimizda ham Evropa chempionatida g'olib chiqishni xohlardik.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика