So’nggi yangiliklar

17:40Про лига. "Жайхун" – Олимпик-MobiUz" (онлайн ҳисоб)  0 17:15"Футбол олами". Сенсацияларга ва истеъфоларга бой бўлган 8-тур ҳақида батафсил  0 17:04Шўрпахтажон  1 16:55"Реал" Мбаппе ўрнига янги ҳужумчи топди  3 16:10Осиё Кубоги. Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси илк турда Хитой Тайпейидан йирик ҳисобда енгилди  4 15:45"Барселона"нинг 4000 дан ортиқ мухлиси Миланга боради  1 15:17Тони Кроос Педрини ўз позициясида энг кучли футболчи деб билади  4 14:50Биринчи учрашувни шоуга айлантирган жамоалар тўқнашуви: Финал чиптаси ўйналадиган "Интер" – "Барселона" ўйини учун превью  14 14:29"Ҳурматли мухлислар, жамоадаги ишим давомида мени ҳар томонлама қўллаб-қувватлаганингиз учун катта раҳмат!" — Александр Хомяков  10 14:00​Championat.asia ва Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг апрель ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 13:59Пляж футболи бўйича Жаҳон чемпионати. Япония ва Эрон кейинги босқичда  1 13:42"Пахтакор" Педру Морейра қисқа таътилга чиққанини эълон қилди. Жамоани вақтинча Камолиддин Тожиев бошқаради  18 13:27"Челси" футболчиси "Фламенго" диққат марказида  0 12:53"Ямални икки футболчи қўриқлайди" — Симоне Инзаги  23 12:25Кьеза жамоадошларидан 1 ҳафта кечроқ Англия чемпиони бўлди  4

Mansur Saidov: “Neftchi”ning mavqeini tiklash uchun kurashamiz” Yangiliklar

Mansur Saidov: “Neftchi”ning mavqeini tiklash uchun kurashamiz”

Mansur Saidov kelasi yil yana “Neftchi” uchun o'ynaydi. Tajribali futbolchi jamoa bilan rasman shartnoma imzolagach, “FE” gazetasiga intervyu berdi.
- Oxirgi kunlarda siz haqingizdagi mish-mishlar avj oldi. Avvalo, o'quvchilarga aniqlik kiritish maqsadida ayni paytda qaysi jamoa bilan shug'ullanayotganingiz haqida to'xtalib o'tsangiz?

- Ayni paytda “Neftchi”da ikki mahaldan mashg'ulotlarda qatnashib yuribman. 15 dekabrdan boshlab shu erdaman.

- Demak, “mavsum-2015”ni Farg'onada boshlaysizmi? Yoki bunday fikr bildirishga shoshilmay turishimiz kerakmi?


- Nasib bo'lsa, faoliyatimni “Neftchi”da davom ettiraman.

- “Navbahor” bilan nima uchun shartnomani uzaytirmadingiz?

- “Navbahor”da hammasi yaxshi kechdi. Murabbiylar va futbolchilar o'rtasidagi munosabat ajoyib edi. Baribir “Neftchi”da to'p surish ishtiyoqim ustun keldi. Bungacha ham 13 yil ushbu klubda o'ynaganim uchun ham ko'ngil uzishim qiyin bo'ldi.

- Bir yil davomida “Navbahor”dagi o'yinlaringiz orqali muxlislarning mehrini qozondingiz. Kutilganidek sizni jamoaning etakchisi sifatida ko'rishga odatlandik.


- Namanganlik muxlislarga rahmat deyman. “Navbahor”da doim ham kutilgan o'yinni ko'rsata oldim deya olmayman. SHunga qaramay, ular meni qo'llab-quvvatlashdan charchashmadi. Bu – hayot! Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Nima bo'lganda ham “Neftchi” men uchun boshqacha ahamiyatga ega.

- Yaqinda Baxtiyor Ashurmatov viloyat hokimi bilan uchrashib klubning keyingi maqsadlari haqida gaplashdi. SHundan keyin sizga umid ko'zi bilan qarashgandek bo'lishdi...


- “Navbahor”da u qadar katta muammolar yo'q edi. Barcha masala ijobiy echimini topdi. Baxtiyor akani viloyat hokimi bilan gaplashganini eshitdim. Ammo buning menga qizig'i yo'q. Negaki, bu yilgi mavsumda ham jamoada hamma narsa ko'ngildagidek bo'ldi. Hech nimadan nolimayman. Yuqorida aytganimdek, ishtiyoqim “Neftchi” tomonini ko'rsatdi. “Navbahor”da moliyaviy muammo bor, yoki jamoaviy muhit yomon deb ketganim yo'q. U erda hammasi ajoyib holatda bo'ldi.   

- “Neftchi”ga qo'shilishingizni qachon bildingiz?

- Mavsumning birinchi davrasidan keyinoq mening “Neftchi”ga o'tishim borasida gap-so'zlar bo'lgandi. Lekin “Navbahor”da qolib chempionat oxirigacha o'ynashga qaror qildim. Mavsum tugaganidan keyinoq “Neftchi” rahbarlari va murabbiylari taklif qilishdi va ular bilan hammasini gaplashib olgandim.

- Darvoqe, sizni “Bunyodkor”ga qaytishingiz haqidagi gaplar rostmidi?

- CHindan ham menga qo'ng'iroq qilib, yana “Bunyodkor”da to'p surish xohishim bor yoki yo'qligi bilan qiziqishdi. Gapning indallosini aytganda, Yuriy Sarkisyan o'sha erda ishlayotgani uchun uning o'zi taklif bilan chiqqandi. Unga o'ylab ko'rishimni aytdim. Mavsum boshida “Bunyodkor”ga borganim yodingizdami? Qandaydir sabablar tufayli yana qaytib ketgandim. Hammasini taroziga solib ko'rganimdan so'ng Yuriy Vazgenovichga “Neftchi”da o'ynagim kelayotganini aytdim.

- Bundan buyon sizga boshqa takliflar tushgan taqdirda ham ularga ortiqcha etibor bermasdan “Neftchi”da qolmoqchisiz, to'g'ri aytdimmi?

- Ha, shunday. Hazil qilib aytganimda, endi “Real” chaqirsa ham ketmayman (kuladi).

- Tushunarli. U holda qachon shartnoma tuzmoqchisiz?

- Baribir aytaman shekilli, bugun shartnoma tuzdim (suhbat 18 dekabrda bo'lgan).

- Nahotki...

- Ha, bir yilga shartnoma tuzib chiqib, endi xonamga kirgandim. Siz qo'ng'iroq qilib qoldingiz. O'zim uchun yangi mavsumdagi maqsadlarni rejalashtirayotgandim.

- O'zingizni ancha engil his qilyapsizmi?

- Albatta, endi “Neftchi”ga “boylandim”. SHu bois boshqa narsalar haqida o'ylamasdan, faqat jamoam uchun qayg'uraman. Bunga qadar takliflar bo'layotgandi. Bunday paytda futbolchining hayoli bir joyda bo'lmaydi. CHunki u o'zi uchun yaxshi taklifni kutadi.

- Xo'sh, endi qanday maqsadlar haqida o'ylayapsiz?

- Muxlislarni stadionga qaytarishimiz kerak. SHuning uchun chiroyli o'yinlar ko'rsatib, g'alabalarimiz bilan ularni xursand etmoqchimiz. “Neftchi”ning mavqeini tiklash uchun kurashamiz.  

- “Neftchi”dan ketayotganingizda ham siz bilan bafurja suhbatlashgandik. Mana, endi qaytganingizda ham yana bir bor gaplashib turibmiz. O'rtada qanday tafovut bor deb o'ylaysiz?


- Har doim ham qadrdon jamoasidan ketish og'ir bo'ladi. “Navbahor”da bir yil o'ynagan bo'lsam ham “Neftchi”dan ko'ngil uzish qiyin bo'lgan. Qaytganimda biroz boshqacha tuyuldiyu, ammo keyin ko'nikib ketdim. Biz farg'onalik muxlislar uchun o'ynaymiz. SHu sababli ularning yordami bizga kerak.  

- “Navbahor”da siz uchun yodda qolarli holatlar bo'ldimi?


- Birinchi marta “Neftchi”dan boshqa jamoada o'ynadim. Namanganda ham ahil jamoa borligini ko'rdim. Ichki muhit, futbolchilarning bir-biriga munosabati yaxshi edi. U erda o'tkazgan bir yillik mavsum men uchun yodda qoladigan bo'ldi.

- “Neftchi”ga siz bilan birga Baxtiyor Yoqubov ham qaytdi. SHuningdek, bu erda Akmal Xolmatov, Nosir Otaqo'ziev kabi oldin birga to'p surgan futbolchilar ham bor. Bu holat sizga nimani eslatmoqda?


- Men uchun “Neftchi” qayta tiklanayotgandek tuyulyapti. Jamoaga mehnati singgan futbolchilar ko'p. Ular klubning shon-shuhratini qayta tiklash uchun harakat qilishga tayyor.

- Bir yillik oraliq chog'ida sizda nima o'zgardi?


- Nima o'zgardi, deysizmi? “Neftchi”ga qaytishimni ko'pchilik kutdi va hoxladi. Meni hali ham hurmat qilishlaridan xursand bo'ldim. Endi oldingi o'yinlarimdan ko'ra yanada kuchliroq o'yin ko'rsatib menga ishonayotganlarning mehrini qozonmoqchiman.

- O'tkazilayotgan yig'inlar siz uchun qanday o'tmoqda?

- Hammasi joyida. Bir oy dam oldim. Endi bor kuchim bilan ishga kirishdim. Ishtiyoqim yana avvalgidek kuchli.

- Oliy ligaga qura ham tashlandi. Taqvim bilan tanishib chiqdingizmi?


- Hozircha to'laqonli ko'rib chiqmadim. Faqat jamoadoshlarimdan eshitdim. Mavsumni “SHo'rtan”, “Lokomotiv” va “Navbahor” kabi jamoalar bilan boshlaymiz ekan. Kim bilan duch kelishimizdan qatiy nazar baribir barcha jamoalar bilan o'ynaymiz. Har doim g'alaba uchun maydonga tushamiz. Bu yog'i o'sha kunga qaysi jamoa yaxshiroq tayyorgarlikka ega bo'lsa, g'alaba o'shaniki bo'ladi.

- Bu yil “Navbahor”da safida “Neftchi”ga qarshi ikkala uchrashuvda ham faol o'ynaganingizga guvoh bo'ldik. Farg'onaga qaytganingizda futbolchilar bilan o'sha o'yinlardagi qiziq holatlarni esladingizmi?

- Vodiy derbisida menga qarshi ikkala uchrashuvda ham Abdulloh Olimov yonma-yon o'ynadi. Bir vaziyatda burchakdan to'pni o'yinga kiritmoqchi bo'lib tursam, o'sha joyga ham Olimov kelib olibdi. SHunda, unga “men bu erdan burchak to'pini tepaman, bu erda senga nima bor? Undan ko'ra, jarima maydoni ichiga bormaysanmi?” desam, u bo'lsa, “yo'q, menga siz qaerda bo'lsangiz, o'sha erda bo'lishimni uqtirishgan” deb javob berdi. Xullas, u bilan o'sha gaplarni eslab rosa kulishdik.

- 3-turdayoq “Navbahor”ga qarshi derbini ko'ramiz. Navbatdagi to'qnashuv sizga nimasi bilandir yana ahamiyatli bo'ladimi?


- Albatta, men ikkala klubda ham to'p surdim. Derbi o'z nomi bilan derbi hisoblanadi. “Navbahor”da o'ynaganimda farg'onaliklarni yutish uchun maydonga chiqardim. Endi bo'lsa, namanganliklarni mag'lubiyatga uchratish uchun o'ynayman. Bu – futbol. Qaerda bo'lsak, o'sha jamoa manfaati uchun kurashamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика